So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  4 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  2 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  16 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  35 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  10 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

APL. Pogbaning goli "Manchester Yunayted"ni APL peshqadamiga aylantirdi Yangiliklar

APL. Pogbaning goli "Manchester Yunayted"ni APL peshqadamiga aylantirdi

APLning 1-turi doirasida qoldirilgan "Bernli" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Bernli – Manchester Yunayted 0:1

Gol: Pogba (71, 0:1).

Bernli – Poup, Mi, Piters, Tarkovski, Louton, Braunxill, Breydi (Maknil, 65), Gudmundsson, Vestvud, Barns (Rodriges, 88), Vud (Vidra, 80).

Manchester Yunayted – De Xea, SHou, Uan-Bissaka, Bayi, Maguayr, Brunu Fernandesh (Maktomini, 89), Matich, Pogba, Kavani, Marsyal, Reshford (Grinvud, 80).

Ogohlantirish: SHou (32), Brunu Fernandesh (45), Vestvud (62).

Burnley

Premier League . 1-tur

13/01/2021, 01:15

1
:
0
Tugadi

Manchester United

Paul Pogba - 71'

Stadion: Turf Moor, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Kevin Friend

45'
90'
27'  Robert Brady
62'  Ashley Westwood
65'  Robert Brady (Dwight McNeil)
80'  Chris Wood (Matej Vydra)
88'  Ashley Barnes (Jay Rodriguez)
32'  Luke Shaw
45'  Bruno Fernandes
71'  Paul Pogba
71'  Marcus Rashford
80'  Marcus Rashford (Mason Greenwood)
89'  Bruno Fernandes (Scott McTominay)
90'  Anthony Martial (Axel Tuanzebe)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Manchester Yunayted" APL peshqadamligiga qaytdi. Mankunianliklarni 17 yanvar kuni "Liverpul" bilan o'zaro o'yin kutib turibdi.


90+4. Marsyal nuqta qo'yishi mumkin edi. Qulay nuqtadan u yana gol ura olmadi.

90+1. UXXXXXXXXX!! "Bernli" juda qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Avvaliga Tarkovski, keyinchalik Jey Rodrigesning zarbalari o'xshamadi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBAAAAAAA!! Vidraning kuchli zarbasi Bayiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Bugun Bayi ikki marta jamoani goldan qutqardi. Bayida ikkita seyv bor)

85. "Bernli"da yana bir noaniq zarba. Bugun De Xea seyv namoyish qilmadi. CHunki mezbonlar aniq zarba yo'llay olmadi.

82. UXXXXX!! MYUda juda xavfli vaziyat! Marsyal gol urishga yaqin kelgandi. Piters vaziyatni bartaraf etdi.

79. "Yunayted" yana hujumga o'tdi. Biroq himoyachilar juda zich o'ynayotgani sababli ularni yorib o'tish qiyin bo'lyapti.

75. O'yin mankunianliklarning to'laqonli ustunligi ostida kechmoqda.

71. GOOOOOOOOOOOLLLL!! Reshfordning pasidan keyin Pogba hisobni ochdi!! Super gol!! "Yunayted" adolatli tarzda gol urmoqda! Bu gol esa jamoani peshqadamga aylantiradi.

67. ZARBAAAAAAA!! UXXXXX!! Kavani hisobni ochishi mumkin edi. Zarba noaniq.

64. MYUdan yana bir ajoyib hujum. Reshfordning qanotdan oshirgan to'pini Poup ushlab oldi.

60. Fernandesh yana bir bor jarima maydonchasi tashqarisidan raqib postini nishonga oldi. Poup o'z o'rnida.

56. Fernandeshning zarbasini Poup ushlab oldi.

52. ZARBAAAAAAA!!! Marsyalning pasidan keyin Kavanining zarbasi raqibiga tegib, darvozabonga borib tushdi.

49. Fernandeshning kuchli zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus!

Birinchi bo'limga atigi 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAAAAA!! Marsyal uzoq masofadan "o'rgimchak to'ri" tomon to'pni tepdi. Poupdan super seyvni ko'rdik!

43. Vud gol urgandi. Biroq ungacha Maguayrga qarshi qo'pollik ishlatildi.

38. UXXXXX!! Kavanining akrobatik uslubda yo'llagan zarbasini raqib himoyachisi yuzi bilan qaytardi.

36. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! SHouning uzatgan to'pini Maguayr o'tkir burchakdan darvozaga kiritdi! Yo'q, gol inobatga olinmadi.

32. Nihoyat, yakuniy qaror. SHou fol ishlatgan bo'lib chiqdi va unga sariq kartochka berildi. Kavani yiqitilgan vaziyat esa bekor qilindi.

30. VAR Lyuk SHouga extimoliy qizil kartochka variantini ko'rmoqda. Menimcha, SHouga qizil berilsa kerak.

27. UXXXX!! Kavani yiqitildi. MYUda juda qulay nuqtadan jarima zarbasi.

25. ZARBAAAA!! Marsyal qulay nuqtaga chiqib bordi va to'pni Kavaniga oshirmasdan, noaniq zarba yo'llab qo'ya qoldi.

22. UXXXX!! Vudning zarbasi Bayiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

20. Mehmonlardan ajoyib hujum! Fernandeshning chiroyli uzatmasidan keyin Marsyal chalqancha uslubda zarba yo'lladi. To'p himoyachilarga tegib qaytdi.

17. O'yindagi ilk xavfli hujum tashkillashtirildi. SHouning pasi kutilmaganda barchadan o'tib ketdi. Fernandeshning zarbasi esa o'xshamadi.

15. MYU hujumga o'tgandi. Biroq Matichning pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

10. Dastlabki dekada juda zerikarli o'tdi.

6. O'yin tempi past. Vaziyatlar yo'q.

1. Biroz qiziqarli holat bilan uchrashuvga start berildi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Terf Mur" stadioniga qaratamiz. Bugun ushbu stadionda "Manchester Yunayted" APL peshqadamligi uchun kurashadi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика