So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  56 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

SHimoliy London qizil rangda. "Arsenal" "Emireyts"da "Tottenxem"ni taslim qildi Yangiliklar

SHimoliy London qizil rangda. "Arsenal" "Emireyts"da "Tottenxem"ni taslim qildi

Angliya chempionati 9-turidan o'rin olgan "Arsenal" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.

Arsenal

Thomas Partey - 20', Gabriel Jesus - 49', Granit Xhaka - 67'

Premier League . 9-tur

01/10/2022, 17:30

1
:
3
Tugadi

Tottenham Hotspur

Harry Kane - 31'

Stadion: Emirates Stadium, 60278 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
20'  Thomas Partey
20'  Ben White
49'  Gabriel Jesus
67'  Granit Xhaka
67'  Gabriel Martinelli
73'  Thomas Partey (Albert Sambi Lokonga)
73'  Oleksandr Zinchenko (Kieran Tierney)
78'  William Saliba
80'  Martin Oedegaard (Fabio Vieira)
80'  Gabriel Jesus (Edward Nketiah)
85'  Gabriel Martinelli
89'  Ben White (Takehiro Tomiyasu)
31'  Harry Kane
62'  Emerson Royal
71'  Clement Lenglet (Davinson Sanchez)
71'  Richarlison (Ryan Sessegnon)
71'  Ivan Perisic (Yves Bissouma)
72'  Heung-Min Son (Matt Doherty)
75'  Pierre-Emile Hoejbjerg (Oliver Skipp)
90'  Eric Dier

"Arsenal" – "Tottenxem" 3:1

"Emireyts"

Gollar: 1:0 – 20 Parti, 1:1 – 31, penalti Keyn, 2:1 – 49 Gabriel Jezus, 3:1 – 67 Djaka.

"Arsenal" – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 89), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 73), Djaka, Parti (Lokonga, 73), Edegor (Fabiu Vieyra, 80), Saka, Gabriel Jezus (Nketia, 80), Martinelli.

"Tottenxem" – Loris, Emerson, Dayer, Langle (Sanches, 71), Romero, Perishich (Bissuma, 71), Xeyberg (Skipp, 75), Bentankur, Son Xyn Min (Doerti, 72), Keyn, Risharlison (Sessenon, 71).

Ogohlantirishlar: Saliba (78), Martinelli (85).

CHetlatish: Emerson (62).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. "Arsenal" boshqa gol urmoqchi emas, shu hisobga rozi, "shporlar" esa pressing uyushtirishmoqda.

77. "Tottenxem" bir kishi kamligi tufayli o'z yarim maydonini tark etishi juda qiyin bo'lmoqda.

72. "Arsenal" ustozi Mikel Arteta yoshlarga imkon berish uchun Lokonga va Tirnilarni maydonga tushirdi.

67. GOOOL! 3:1! JAKAAAA! Granit Jaka to'pni raqib jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va erlatib kuchli zarba berdi. Loris bunday zarbaga tayyor emasdi.

62. QIZIL KARTOCHKA! Emerson Royal keraksiz joyda Martinelli oyog'iga butsasining tag qismi bilan zarba berdi.

59. Xyoyberg ham Parti kabi zarba berishga urindi, ammo o'xshamadi.

58. "Arsenal" "shporlar"ni o'z jarima maydonchasiga qamab, ketma-ket hujumlar tashkil etmoqda.

53. ZARBAAA! Qanotdan uzatilgan to'pni Jezus bosh bilan darvozaga burishga urindi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

49. GOOOL! Saka qanotdan markazroqqa o'tdi va "Tottenxem" darvozasining uzoq burchgagiga zarba berishga urindi, Loris to'pni qaytardi, biroq Ugo qaytargan to'pni Jezus egallab oldi va bo'sh darvozani nishonga oldi. 2:1!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Jezus raqib jarima maydoni ichida himoyachilarni aldashga kirishib ketdi va darvozaga zarba berdi. Loris to'pni qaytardi, himoyachilar esa xavfni bartaraf etish uchun to'pni tepib yuborishdi.

38. ZARBAAA! Perishichning qanotdan uzatgan to'pini Keyn bosh bilan darvoza tomonga yo'lladi, ammo to'p posbonning qo'liga borib tushdi.

34. Saliba himoyada raqiblarini aldashga urinib, jamoadoshlarining mazasini qochirayotgandi, mezbonlar baxtiga fintlar muvaffaqiyatli yakun topdi. Operatorlar stadionda "Arsenal" afsonasi Terri Anri o'tirganini aniqlashdi.

31. GOOOOOL! XARRI KEYN! Darvozabon bilan kechgan duelda Keyn g'olib chiqdi. U 11 metrlik nuqtada turgan to'pni o'rtaga tepdi.

29. PENALTI! Son Xyon Min katta tezlikda himoyachilardan qochib, to'pni Risharlisonga uzatdi, braziliyalik raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi va hakam xushtak chalib, 11 metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi.

28. Perishiiich! Ivanning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq chiqdi.

27. "SHimoliy London derbisi"ning dastlabki 26 daqiqasi "to'pchilar"ning to'liq ustunligi ostida o'tdi.

24. "Arsenal" goldan keyin himoyalanmasligini va hujum qilishda davom etishini ko'rsatib qo'ymoqda, "Tottenxem" esa qarshi hujumlarga umid qilmoqda.

20. GOOOOOOOL! TOMAS PARTI!!! Parti Uayt uzatgan to'pga zarba berib, to'pni raqib darvozasining to'qqizligiga joylab qo'ydi. FANTASTIKA!

17. JAKAAA! Granit Jakaning chap oyoqdagi zarbasi "Tottenxem" darvozasi yonginasidan o'tib ketdi.

13. Remsdeyl Risharlisonning o'ta xavfli zarbasidan so'ng to'pni qaytarishga erishdi, biroq takroriy lavhada braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda ekanligi ko'rindi.

10. Martinelli bir harakat orqali raqibning ikki futbolchisini aldashga urindi, lekin "shporlar" vakillari bo'sh kelishmadi va hujumni bartaraf etishdi.

7. "Boshqa safar". Perishich o'z qanotidan reyd uyushtirishga harakat qildi, ammo "Arsenal" himoyachisi bunga imkon bermadi. 

3. "Arsenal" bahsni faol boshladi va xavfli hujum uyushtirishga muvaffaq bo'ldi. Jaka darvozaga teskari turib, zarba berishga urindi, ammo foyda yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика