So’nggi yangiliklar

22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  257 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  1 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  16 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  5 21:06U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/8 финалга чиқса асосий ҳимоячимиз майдонга туша олмайди  8 20:50Максим Шацких: "Ҳаммасига ўзим айбдорман"  12 20:47Вадим Абрамов: "Чемпионат тугашига иккита тур қолганида масъулиятни тўлиқ ҳис қилиб турибмиз"  5 20:30Хорватия - юлдузлар фабрикаси. Бу жамоани 12 йил олдин мағлуб этганмиз  2 19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  8 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  11 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  34 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  4 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  12 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   26

Anzur Ismoilov: "Men doim ishonch bilan gapiraman. Avstraliyaga yutqazmaymiz" Yangiliklar

Anzur Ismoilov: "Men doim ishonch bilan gapiraman. Avstraliyaga yutqazmaymiz"

O'zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogida masuliyatli palla yaqinlashmoqda.

Ilk turda Suriya bilan durang o'ynagan vakillarimiz ikkinchi turda Hindistondan ustun kelishdi. Lekin bu bilan hali guruhdan chiqish masalasi hal qilingani yo'q. Garchi Avstraliya bilan o'yinda bizni durang natija qoniqtirsada avvalgi alamli mag'lubiyatlar uchun revansh olish hissi yuqori. Mazkur uchrashuv oldidan O'zbekiston terma jamoasi bilan 3ta Osiyo Kubogi havosini ko'rgan, tajribali sobiq himoyachi Anzur Ismoilovning fikrlarini tingladik. 

- O'zbekiston terma jamoasi guruhdan 2 xil raqibga qarshi turli natija va o'yin ko'rsatdi. Bu uchrashuvlarni bir-biri bilan taqqoslaydigan bo'lsak, sobiq futbolchi sifatida qanday taassurotlar oldingiz?

- Aytishim mumkinki, bizning yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Hindiston bilan o'yinda murabbiylar shtabi futbolchilarning imkoniyatidan kelib chiqib o'zgarishlar qilishdi va bu sezildi. Abbos Fayzullaev yana ochildi. Qolganlar ham o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Terma jamoamiz guruhdan chiqadi va sovrinli o'rinlardan birini egallaydi, degan umiddaman.

- Suriya bilan o'yinndan so'ng havotirlar bor edi. Hindiston fonida esa kuchli ko'ringanimiz aniq. Avstraliya bilan qanday o'yin kutyapsiz?

- Suriya azaldan principial raqib bo'lib kelgan. Kuperni bilaman, asosiy maqsadi gol o'tkazmaslik. Keling, terma jamoamizni o'sha o'yinini kechiraylik, chunki baribir hayajon, sarosima degan narsa bo'ladi. Hindiston bilan o'yindan so'ng futbolchilar o'zlariga ishonchni his qilishdi, deb o'ylayman. O'yindan-o'yinga yanada ochilib borishadi. 

- Avstraliya kuchli raqib. Lekin ularning Jahon chempionatida o'ynagan tarkibidan aksariyat futbolchilar, yulduzlar yo'q. Jamoa sifatida o'z kuchimizni ko'rsata olamizmi? 

- Avstraliya jismonan baquvvat, yuguradigan va kurashga kirishadigan futbolchilarga ega. Lekin bizda ham har bir chizig'imizda kuchli futbolchilar jamlangan. Fikrimcha, katta farq kuzatilmaydi. Ammo tarkibimizda yo'qotishlar borligini unutmaslik kerak. Husniddin Aliqulov, Xojiakbar Alijonov jarohat sabab yordam bera olmaydi. Bu o'yinda yigitlarga ishonaman. Men doim ishonch bilan gapiraman. Avstraliyaga yutqazmaymiz. 

- Garchi durang keyingi bosqichga chiqishimiz uchun etarli bo'lsada Avstraliya bilan hisob-kitobimiz bor. Mana shu faktorni ruhiy tomonlama qanchalik tasiri bor?

- Avstraliyani oldin yutmaganmiz. Bu avval bizning avlod o'ynagan kuchli Avstraliya emas. O'sha paytda Viduka, Kyuell, Kexill, Breshiano kabi yulduzlari bo'lar edi. Hozir tarkibi o'zgargan. Umuman olganda o'ynasa bo'ladigan raqib. 

- Iroq Yaponiyani yutdi, Iordaniya Koreya bilan durang o'ynadi. Bu biz uchun yaxshigina qo'ng'iroq emasmi?

- Hozir barcha futbol o'ynashni biladi. Yaponiyaning mag'lubiyati ochig'i hayron qoldirdi. Iroq kurashuvchan jamoa. Iordaniyachi? Oldindan kuchli terma jamoa bo'lgan. Ular ham shunchaki maydonga chiqmaydi. 

- Guruhdan chiqqan taqdirimizda qaysi bosqichga etib borishimizni taxmin qilasiz?

- Kuchli uchlikda bo'lamiz. Bu futbolchilarga qarab, bemalol sovrinli o'rinlarni egallaymiz, deya olaman. Tarkibimizda legionerlar ham hech kimdan qolishmaydi. Terma jamoamizga omad tilayman. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика