So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  0 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Anvar Rajabov hozir qaerda? Yangiliklar

Anvar Rajabov hozir qaerda?

Teglar :  Anvar Rajabov
So'nggi yillarda buxorolik hujumchi Anvar Rajabovning faoliyatida keskin pasayish yuz berdi.

O'z vaqtida to'purarlik mahoratini namoyish etib, muxlislarning etiborini tortgan mahoratli hujumchini o'tgan mavsum hech bir jamoa safida ko'rmadik. Ayni damda ham Anvar biror-bir klub tarkibida ko'rinish berayotgani yo'q. Xo'sh, bunga nima sabab? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Rajabov bilan suhbatlashdik.

- Anvar, so'nggi yillarda sizni hech bir jamoa safida ko'rmayapmiz. Buni qanday izohlaysiz?
- Rostini aytsam, jaroxatlar meni qiynab qo'ydi. O'tgan yili maydon tashqarisida yurdim. Sababi qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida kutilmaganda jaroxatga yo'liqib, safdan chiqqandim. So'ngra malakali shifokorlar ko'rigida bo'lib, yakunda oyog'imni operaciya qildirishga majbur bo'ldim.

- Operaciya jarayoni ko'ngildagidek o'tdimi?
- Avvaliga Toshkentdagi malakali shifokorlar yordamida operaciya qildirdim. So'ngra Rossiyaga borib, Moskva shahrida yana bir bor operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldim. Xudoga shukur hozir ahvolim ancha yaxshi.

- Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib, majburiy ravishda maydon tashqarisida yurish sizga ruhan o'z tasirini o'tkazayotgan bo'lsa kerak?
- Ex, nimasini aytasiz. Kecha futbol o'ynab yurgan kishi bugun o'yindan tashqari xolatda qolib ketsa juda alamli bo'larkan. Hech bir futbolchi jaroxatga yo'liqishdan kafolatlanmagan. Peshonamda shu bor ekanki, bo'ldi. Taqdirdan qochib kutilib bo'lmaydi, axir.

- Sizni endi yana qachon yashil maydonda ko'rishimiz mumkin?
- Nasib qilsa fevral oyidan tiklanish mashg'ulotlarini olib boraman. Asta-sekin yugurib, avvalgi sport formamni tiklab borishga xarakat qilaman. Futbol o'ynashni juda sog'inganman va ishtiyoqim baland. Nasib qilsa hammasi men uchun ko'ngildagidek kechadi.

- Hozirda super liga klublari selekciya ishlarini olib bormoqda va har bir jamoa deyarli o'z tarkibini shakllantirib olishga ulgurdi. Jaroxatdan to'liq forig' bo'lganingizdan so'ng jamoa topish ham oson bo'lmasligi turgan gap. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Albatta, bugungi kunda har bir jamoaga tayyor o'yinchi kerak. Jaroxatdan chiqqan futbolchini taklif etishi qiyin masala bo'ladi. Lekin umid qilamanki, ikkinchi davradan o'z jamoamni topib olaman va avvalgidek o'ynab ketishimga ishonaman.

- Sobiq jamoangiz “Buxoro” klubida yuz berayotgan o'zgarishlarni kuzatib borayotgan bo'lsangiz kerak?
- Ha. O'zim Buxoro farzandiman. Bu jamoada ozmi-ko'pmi o'ynab, futbolchi sifatida o'sdim. SHunday ekan jamoaning faoliyatiga befarq emasman. Tarkibda bo'layotgan o'zgarishlarni kuzatib bormoqdaman. Jamoada o'ynab kelayotgan do'stlarim bilan kun-ora gaplashib turamiz. Bu yil “Buxoro” o'z tarkibini yanada kuchaytirib olishga erishdi. Albatta bunday jangavor tarkib bilan chempionatda sovrinli o'rinlar uchun bemalol kurashish mumkin. O'ylaymanki bu yil shunday ham bo'ladi va chempionatimizning etakchi klublari bo'lmish, “Lokomotiv” va “Paxtakor” singari jamoalari bilan bemalol raqobat qila oladi.

- Bosh murabbiy bilan gaplashib turasizmi?    
- Ulug'bek Baqoev bilan munosabatim yomon emas. Bu murabbiy o'tgan yili murabbiylikdagi debyut mavsumini o'tkazdi. Hamma ko'rdi – yaxshi natija qayd etdi. Baqoev va “Buxoro”ning kelgusi faoliyatiga omad tilayman.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика