So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  5 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Maksim SHackix va boshqalar - Superligada 17-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Maksim SHackix va boshqalar - Superligada 17-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 17-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi darvozaboni – Vladimir Nazarov ("Paxtakor")

"Paxtakor" ushbu turda Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi, "sherlar" posbonining o'yinda ko'rsatgan bir necha seyvlari jamoaga g'alabani taqdim etdi. SHu tariqa Nazarov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi murabbiyi – Maksim SHackix ("Paxtakor")

"Paxtakor" mehmonda turnir jadvalida o'zidan yuqori borayotgan "So'g'diyona"ni muhim o'yinda mag'lub etib, Jizzax jamoasini o'zidan qochirib yubormadi. Bunga qadar "So'g'diyona" "Neftchi"ni yirik hisobda mag'lub etdi, ammo Toshkent jamoasi safarda Boshkovich shogirdlaridan ustun keldi. Qayd etish kerakki, SHackix mezbonlarning 6 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi futbolchisi – Jaba Jigauri ("Nasaf")

Gruziyalik futbolchi Qarshida o'tgan "Nasaf"ga qarshi bahsda 3-daqiqadayoq raqib darvozasiga to'p kiritgan holda, hisobni ochdi. Jigauri 68-daqiqada Marushichning goliga assistentlik qildi va haqli ravishda turning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 17-turning eng chiroyli goli muallifi – Anvar Hojimirzaev ("Dinamo")

Samarqandliklar o'yinchisi Anvar Hojimirzaev "Metallurg"ga qarshi o'yinda o'zi boshlagan hujumni muvaffaqiyatli yakunladi va turning eng chiroyli golini urdi.



 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика