So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  1 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Mahdavikiya, Miladinovich, Elichich, Zeytullaev, Berdiev va boshqalar Pro licenziyasi uchun tahsil olmoqda Yangiliklar

Mahdavikiya, Miladinovich, Elichich, Zeytullaev, Berdiev va boshqalar Pro licenziyasi uchun tahsil olmoqda

O'FA texnik direktori Gi Kiala boshchiligida Pro licenziyasi uchun o'quv kurslari sentyabr oyida start oldi.

Unda jami 21 nafar mutaxassis o'qiyotgan bo'lib, shularning to'rt nafari xorijlik hisoblanadi: Mirko Elichich (Avstraliya), Boyan Miladinovich (Serbiya), Jasvinder Sinkh (Singapur), Mehdiy Mahdavikiya (Eron). 



O'quv kursi umumiy 8 ta moduldan iborat bo'lib, u 2025 yilning dekabr oyida yakuniga etadi. Belgiyalik Gi Kiala Pro licenziyasi uchun o'qish niyatida bo'lgan talabgorlarni saralab olish tizimini yangiladi. SHuningdek, Liga bilan kelishuv asosida yakuniy bitiruv imtihoni hamda umumiy baholash tizimini qatiylashtirdi. Endilikda Pro licenziyasi uchun tahsil olayotgan mutaxassislardan barcha modullar hamda imtihonlarga jiddiy yondoshuv talab etiladi. Xorijlik mutaxassis nazorati ostida tashkil etilayotgan kursni yakunlash va tegishli diplomga ega chiqish oson bo'lmaydi. Mazkur talab avvalroq O'FA prezidenti tomonidan texnik direktor oldiga vazifa sifatida belgilab berilgandi.

SHuningdek, 21 nafar mutaxassisning Evropada tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratiladi. Xususan, modullar orasidan Belgiya safari ham o'rin olgan bo'lib, uning davomida 21 nafar mutaxassis Belgiya futboli tizimi, murabbiylik malakasini o'rganish hamda boshqa zaruriy axborot almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.  


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика