So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Anvar Hojimirzaev: "Moliyaviy jihatdan ko'ra, rohatlanib futbol o'ynashim muhimroq" Yangiliklar

Anvar Hojimirzaev: "Moliyaviy jihatdan ko'ra, rohatlanib futbol o'ynashim muhimroq"

Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.

PFL mavsum kashfiyoti nomini elon qildi. Unga ko'ra, "Dinamo" klubi azosi Anvarjon Hojimirzaev Superligada yil kashfiyoti deb topildi. Hojimirzaev sovrinni qabul qilib olganidan so'ng OAV vakillari bilan muloqot qildi.

- "Eng yaxshi futbolchi" sovriniga ham davogar edingiz. Ushbu nominaciyada ham g'olib bo'lishni kutganmidingiz?

-  Imkoniyatlardan kelib chiqib "Eng yaxshi futbolchi" nominaciyasida g'olib bo'lishga ham umid qilgandim. Nasib qilgani shu ekan. Keyingi mavsumda yanada yaxshiroq o'yin namoyish etib, ushbu sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilaman.

- "Dinamo"da qolishingizga nima sabab bo'ldi?

- Klub rahbariyati va Vadim Abramov. Ular mendan jamoada qolishimni iltimos qilishdi va men insoniylik nuqtai nazaridan "yo'q" deya javob bera olmasdim. "Dinamo" ko'nglimga yaqin jamoa bo'lib qolgan.

- Sizga moliyaviy jihatdan "Dinamo"dan ko'ra yaxshiroq takliflar bo'lgan, ammo siz Samarqand jamoasida qolishni afzal ko'rdingiz? To'g'rimi?

- Ha. SHahsan men uchun moliyaviy jihat unchalik ham muhim emas. Rohatlanib futbol o'ynash men uchun muhimroq. Ushbu jamoada yorqin o'yin namoyish etyapman va keyingi mavsumda ham shunday tempda davom etishni maqsad qilganman.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика