So’nggi yangiliklar

10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  1 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7

Anvar Berdiev: "O'tgan mavsumdagi tarkibdan 3-4 nafar futbolchi qolgan xolos" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "O'tgan mavsumdagi tarkibdan 3-4 nafar futbolchi qolgan xolos"

Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Turon" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Juda qiyin o'yinda g'alabaga erishdik. CHunki, avvalroq "Xorazm" bilan o'yinda ham aytgandim, yana takrorlayman, suniy maydonda futbol o'ynash oson emas. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Muhim g'alabaga erishdik. Yana muhimrog'i o'yinni jarohatlarsiz yakunladik. "Aral Samali" yaxshi jamoa va ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- O'tgan yilgi tarkibdan jamoangiz hozirgi tarkibi anchayin farq qiladi. O'zingiz istagan qancha futbolchilarni jamoada saqlab qoldingiz?

- Xabaringlar bor, "Turon" o'tgan mavsum Superligadan tushib ketgandi. Ko'p futbolchilar jamoani tark etishdi. To'g'risini aytsam, jamoa qaytadan shakllantirildi desak ham bo'ladi. O'tgan yilgi jamoadan 3-4 nafar futbolchi qolgan xolos. Qolgan barcha futbolchilarni o'zim taklif qilganman. Allohga shukr, hozir ular meni uyaltirib qo'yishmayapti. To'xtab qolmoqchi emasmiz, shu ruhda davom etamiz.

- Jamoalar futbolkalari bir-biriga o'xshab ketgani nima bilan bog'liq?

- To'g'risi, bizda 2 xil futbolkamiz bor, qizil va oq. Birinchi davrada "Aral Samali" bilan o'ynaganimizda ular ko'k rangli futbolkada chiqishgandi. Biz oq futbolkada tushsak ham, baribir bir xil bo'lib qolardi. Bu xolat qiyinchilik tug'dirdi albatta, lekin bugun muxlislar qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanishdi. 

- Hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Hakamlarga hech qanday etirozim yo'q. Ularning nazorat qiluvchi maxsus markaz bor. O'yin davomida kimgadir yon bosgandek ko'rinaveradi. 

- "Turon" oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonib Superligaga qaytish. Jamoamiz rahbariyati oldimizga shunday vazifa qo'yishgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика