Antonio Konte: "Ayrim yosh murabbiylar moslashishni istamaydi"
20 jan 09:54
Yangiliklar
Antonio Konte: "Ayrim yosh murabbiylar moslashishni istamaydi"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchi Rasmus Xoylundning o'yini haqida fikr bildirdi va shu bilan birga "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorimning etarlicha moslashuvchan emasligiga ishora qildi.
"Bugungi kunda ayrim yosh murabbiylar o'zlarini haddan tashqari ishonchli tutadi va moslashishni istamaydi. Ular yosh hujumchining qiynalayotganini ko'rib turib, uni o'qitish o'rniga ayblay boshlaydi. Doim shikoyat qilishadi va o'zlaridan boshqani tanqid qilishadi, chunki ularga hamma narsa oltin tabaqada taqdim etiladi", — deya Kontening so'zlarini keltiradi manba.
Eslatib o'tamiz, Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ni 2024 yil noyabridan 2026 yil yanvariga qadar boshqargan. Uning rahbarligi davrida daniyalik hujumchi "Napoli"ga sotib olish huquqi bilan ijara asosida o'tgan edi. Joriy mavsumda 22 yoshli forvard neapolliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar