So’nggi yangiliklar

18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  2 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  37 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  110

Angliya EVRO-2020da asosiy favorit, Modrich super o'yinchi, terma jamoadan qarzim bor - Zlatko Dalich bilan intervyu Yangiliklar

Angliya EVRO-2020da asosiy favorit, Modrich super o'yinchi, terma jamoadan qarzim bor - Zlatko Dalich bilan intervyu

Bugungi kunda Xorvatiya milliy terma jamoasini boshqarayotgan Zlatko Dalich futbol olamidagi voqealarga o'z fikrini bildirib o'tdi.

- Hozir guvohi bo'lyapmizki, Xorvatiya terma jamoasi optimal formada. EVRO-2020 saralash bahslarida ham guruhda birinchi bo'ldi. Bu oson ish emas. Qanday qilib ushbu natijalarga erishdingiz? Tabiiyki, Jahon chempionatida jamoa katta kuch yo'qotdi. Tiklanib olish ham oson kechmadi. Oldinda esa yirik turnirlar kutib turardi. Bu vaziyatda siz kelib chiqqan muammolarga jamoani qanday tayyorladingiz?
- Albatta, JCHdan so'ng barcha futbolchilarda toliqish bo'lishi tabiiy hol. Buning ustiga bir qator yo'qotishlarga ham uchradik. Asosiy hujumchilarimizdan bo'lgan Mario Manjukich termani tark etdi. Bu biz uchun juda katta yo'qotish. Ammo, men jamoaga yangi qon olib kirishga harakat qilyapman. Zaxiramiz yosh va istedodli o'yinchilar bilan to'lgan. Ularga imkon berish kerak. CHunki, ularda kuch ko'p. Ularning ichidan Jozep Brekalo, Nikola Vlashich va Bruno Petkovichni haqiqiy yangi kashfiyotlar desak bo'ladi. Saralashda ham ular asosiy rolni o'ynab berishdi. Jamoani yangilash vaqti keldi. Ular yaqin kelajakda hozirgi Modrich va Rakitichning o'rnini to'ldiradi, bu aniq.

- Tarkibdagi yangi o'zgarishlar haqida gapirib o'tdingiz. Ularning ko'rsatayotgan o'yinlari va foydali tomonlariga ham biroz to'xtalsangiz.

- Ular qisqa vaqt ichida yaxshigina o'yin amaliyotiga ega bo'lishmoqda. Jozep Berkalo o'tgan 10 o'yindan 9 tasida maydonga tushib ulgurdi va bir nechta gollarga assist bo'ldi. Nikola Vlashich esa jiddiy jamoalarga qarshi o'yinlarimizda 3 ta muhim gol urishga erishdi. Bular oasida Evropaning grand klublarida o'ynayotgan iqtidorlarimiz ham talaygina. Kovashich, Petkovich, Edvay kabilar kelayotgan Evropa chempionatida munosib o'ynashlariga ishonaman.



- Bizga malumki, ko'plab turnirlarda Xorvatiya o'zgacha kayfiyat va kutilmagan kuch bilan harakat qilmoqda. Aytingchi, jamoa ushbu vaziyatlarda qaysi faktorga suyanmoqda?

- Menga bu savolni juda ko'p marta berishadi. Avval ham aytganimdek, jamoaviy o'yin biz uchun eng muhim jihat. SHunga qaramay, saralash davomida bir qancha qimmatli ochkolarni boy berdik: Vengriyaga uchralgan mag'lubiyat, Ozarbayjon bilan kutilmagan durang va shu kabilar. Lekin xatolarni o'z vaqtida payqadik va keyingi bahslarni fantastik tempda o'tkazdik. Uelsdan 3 ochko va Slovakiya bilan 4:0 - shunchaki ajoyib. SHuni ham alohida aytishim mumkinki, jamoa sardori sifatida Modrichning mehnatini yuqori baholagan bo'lardim. U yutqazayotgan paytlarimizda yigitlarga kuch bera olgan. Sen kapitan bo'lsang-u, jamoa ortingdan ergasha olmasa, yutkazdim deb hisoblayver. Luka menimcha, dunyoning eng kuchli futbolchilaridan va u o'z ustida ishlashdan hech qachon to'xtamaydi.

- Janob Dalich, siz boshqa intervyularda norozi kayfiyatingizni ifodalagansiz. Nimaga bunda bo'lgan, jamoaga hozir nima etishmayapti?

- Men har doim umumiy infrasrtrukturaga urg'u beraman va hukumatning futbolga munosabatini o'zgarishini xohlayman. Poytaxt sifatida Zagrebda hozir biz uchun barcha talablarga javob beradigan alohida stadion yo'q. Menimcha, futbolimizga yuqori saviyadagi investiciyalar etishmayapti. Stabil barqarorlik va yuqori natijalarga erishish uchun esa bu muhim hisoblanadi.

- Ko'rindiki Rossiyadagi mundialdan so'ng, jamoada avlodlar almashinuvi kuzatilmoqda. Sizningcha, bu yaxshi tomongami yoki nimalarnidir o'zgartirish kerakmi?

- Ha albatta, deyarli bir yil davomida tarkibda juda sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. Yuqorida aytganimdek, tajribali futbolchilar o'z o'rinlarini yosh istedodlarga bo'shatib berdi. Bu faoliyatimdagi eng katta rotaciyalarimdan biri. Lekin hozirgi tarkibimiz bilan Evropaning kuchli grandlariga qarshi bemalol o'ynay olamiz. Tan olish kerak, hozirgi ichki muhit bilan nafaqat EVRO-2020, balki boshqa turnirlarda ham asosiy favoritlardan biri bo'lishimizga ishonaman.



- Kelayotgan musobaqada kimni asosiy favorit deb hisoblaysiz?

- SHubhasiz, Angliya. Hozir ularda potencial juda yuqori. O'zi umuman ingliz klublari Evropa yashil maydonlarida super natijalarga erishishmoqda. Buning ustiga Angliyaning yoshlar tarkibi ham ajoyib futbolchilarga ega. Angliya futbol maktablari juda yaxshi ishlayapti va malum bir rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Qolaversa, turnirning ko'plab bahslarini ular uy stadionlarida o'tkazishadi. Bu esa ruhiy ishonchni oshiradi. Yaxshi jamoalar ko'p: Franciya, Ispaniya, Germaniya. Men yana Gollandiya va Italiyada ham o'sishni ko'ryapman. Portugaliyada esa Ronaldudek inson bor. SHubhasiz, turnir super muhitda o'tishi aniq.

- Janob Dalich, JCH yakunlangach, sizga ko'p klublardan takliflar tushdi. Aytingchi, termada qolishingizga nimalar sabab bo'ldi?

- Avval aytganimdek, men hozir o'zimga eng qulay poziciyada turibman. SHunga qaramay, meni juda ko'p marta tanqid qilishdi. Xorvatiya jamoasi bundan ortig'iga borolmaydi deb o'ylashmoqda. Lekin kumush medallarni olganimizdan so'ng, aksincha men katta rejalarni oldimga qo'ydim. Biz Evropa chempionatini maksimal darajada yutishimiz kerak. Men jamoadan va muxlislardan qarzim shu ekanini his qilyapman. Aynan shu narsagina meni termada ushlab qolmoqda. Tasavvur qiling, butun muxlislar sizga qarab turishganda, qo'llab-quvvatlaganda, sizga juda katta masuliyat tushadi. To'g'ri, balki boshqa klublarda ham ishlab keta olarman, lekin milliy terma jamoa sharafi men uchun birinchi o'rinda turadi.

FIFA.com saytidan Yusufbek tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика