So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  2 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  4 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Andrey SHipilov: "Yakuniy natija adolatli bo'lmadi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Yakuniy natija adolatli bo'lmadi"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvida "sherlar" 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida bekobodliklar ustozi Andrey SHipilov hamda bahsda "Metallurg" tarkibida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Safar Safoevlar ishtirok etishdi.

A.SHipilov: "O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Bugungi uchrashuv oldidan tarkibimizda muammolar borligi sababli yoshlarga imkon berdik. Bu o'zimizni oqlash uchun bahona emas. O'ylashimcha, natija adolatdan bo'lmadi. Tablodagi hisob 3:0 emas, balki 1:0 bo'lganda adolatli bo'lardi. Tanaffusdan so'ng raqibga jarima maydonchasi oldida pressing uyushtirib ularni qiynab qo'ydik. "Paxtakor"ga jismonan yutqazmadik, ammo 2-bo'limdagi o'yinimizni kuchaytirganimiz yaxshi natija qayd etish uchun etarli bo'lmadi. G'alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman".


Z.Safoev: "Murabbiyimizning fikrlariga to'liq qo'shilaman. Yosh tarkib bilan munosib o'ynadik. Birgina ranjitgan holat bu natija bo'ldi. Tablodagi yirik hisob ortiqcha bo'ldi. Biz esa yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik".



Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика