So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  9 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Andrey Miklyaev: "CHorak finalda "Al Nasr" bilan o'ynashni istardim" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "CHorak finalda "Al Nasr" bilan o'ynashni istardim"

OCHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Hilol" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
"Nimadan boshlashni ham bilmayman. G'alabadan xursandmiz. O'yin tomoshabop bo'ldi. Menimcha muxlislar yoqdi. Vaziyatlar bo'yicha biz ustunlik qildik. Haqli ravishda g'olib bo'ldik. Barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular murabbiylar shtabi bergan barcha ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Bir oila bo'lib g'alaba qozondik", - deydi Miklyaev.

"Bugun bizning kunimiz edi. G'alaba qozonib keyingi bosqchiga chiqdik. Barchani muxlislarni tabriklayman", - deydi Jeparov.

- Ikkala gol ham standart vaziyatdan keyin urildi. Buni ustidan ishlanganmi?
- Albatta. Zamonaviy futbolda standart vaziyatlardan foydalanish katta ustunlik beradi.

- Nega 90 daqiqa davomida bir xil o'ynay olmayapsizlar...
Server Jeparov:
- Bu charchoq bilan bog'liq. Futbolchilar ham inson ular ham charchaydi. Butun o'yin davomida bir xil o'ynash juda qiyin.

- Nagaev nega maydonga tushmadi. Abduxoliqov charchagani ko'rinib qolgandi...

- Reglament bo'yicha 3ta futbolchi almashtira olamiz. Agar yana imkoniyatimiz bo'lganida Ivanni maydonga tushirardik.

- Bugun "Lokomotiv" "Al Hilol"ning O'zbekistondagi uzoq davom etgan mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdinglar. Bu bilan tabriklaymiz. Birinchi o'yinda faqat himoyalandinglar. Bugun esa butkul boshqacha o'yin bo'ldi.
- Sababi raqib juda tajribali klub edi. SHu bois safarda asosan natijaga etibor qaratdik. Bugun esa muxlislar uchun ham o'ynadik. G'alaba qozonganimizdan xursandamiz.

- Keyingi bosqichda kim raqib bo'lishini istaysiz?

- To'g'risini aytsam "Al Nasr" chiqsa chorak finalda shu jamoa bilan o'ynasak deyman (kuladi).

Jeparov: - Hozircha bu haqda o'ylaganim ham yo'q. Kim tushishini farqi yo'q. 


Narzulla Saydullaev
Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика