So’nggi yangiliklar

15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  1 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  9 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  1 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  6 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  10 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1

Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G'alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "27 iyunda jurnalistlar bayrami? G'alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman" (matbuot anjumani)

Coca Cola Superligasi 5 turidan o'rin olgan Navbahor va Buxoro jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng Navbahor klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"O'zingiz ko'rdingiz, uchrashuv juda og'ir o'tdi. Ikkinchi taymda, ayniqsa, "Buxoro" klubiga qarshi turish qiyin kechdi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan unumli foydalana bilmadik. Aks holda, hisob yanada yirik ko'rinish olishi mumkin edi.

Buxoroliklarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o'zlarida yuzaga kelgan muammolarga qaramasdan kuchli o'yin namoyish etishdi. Bir nechta vaziyatda tajriba etishmadi. Jamoa so'nggi o'rinda borayotgan bo'lsa-da, ruhiy jihatdan ancha chidamli ekanligini namoyish eta oldi. Bu bizga dars bo'ladi. "Nasaf" bilan o'yindan keyin biroz qiyin bo'ldi. Har bir o'yin biz uchun muhim, eng asosiysi 3 ochko oldik. Pandemiyadan keyingi uydagi ilk o'yinimizda g'alaba qozondik.

Ikkinchi taymda yigitlar maydonda yurishdi? Menimcha bu o'yinga etarli darajada nastroy qila olishmaganida. Bundan tashqari Qarshidan uzoq yo'l bosib qaytdik. To'g'ri ikkinchi taymda himoyaga ko'proq urg'u qaratdik. Hozir o'zimizga kelib olishimiz kerak. G'alaba ruhiyati keyingi o'yinlarda bizga yor bo'lishini istayman.

27 iyunda jurnalistlar bayrami? Ushbu bayram bilan g'alaba qozonib, sizlarni tabriklash nasib qiladi deb umid qilaman.

TV orqali bizni qo'llab-quvvatlagan, stadion yonidagi daraxtlarda bizni qo'llagan muxlislarga rahmat aytaman.

Karantin o'yinlarga tasir qildimi? Albatta, Bundesligada 6talab gollar urilmoqda, masalan kecha Rossiyada 11ta gol urildi. Hozir xarakter namoyish etish kerak, bunga erishgan jamoa g'alaba qozonadi", - dedi rossiyalik mutaxassis.



Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика