So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  5 15:19ЎзЭл Классикосига превью  13 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

Andrey Kanchelskis: "Agar men 2 ochko yo'qotgan bo'lsam, demak natijadan qoniqmagan bo'laman" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Agar men 2 ochko yo'qotgan bo'lsam, demak natijadan qoniqmagan bo'laman"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelsks o'z fikrlarini bildirdi.




“Derbi bu derbi. "Andijon" o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilinib turdi. Biz ham shunga yarasha tayyorlangan edik. Doim derbilar shunday o'tadi. Bugungi bahsni yomon o'tkazdik deb o'ylamayman. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda bizda ham, raqibda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Barchaga ochkolar kerak. Birinchi bo'lib gol kiritganimizda natija boshqacha bo'lar edi hisoblayman. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Muxlislarga ham bugungi uchrashuv yoqdi deb o'ylayman. Ular bizning 12-futbolchimiz, bugun ikki ochko yo'qotdik”, – dedi Kanchelskis.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- (Kuladi) Agar men 2 ochko yo'qotgan bo'lsam, demak natijadan qoniqmagan bo'laman.

- Menimcha bugun "Navbahor" "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlardagi bilan taqqoslaganda o'z imkoniyatidan pastroq o'ynagandek tuyuldi.

- Bu savolga qisman javob berdim. Derbi bo'lgani uchun shunday bo'ldi. Bitta o'yinda istalgan jamoa ajoyib tayyorlanishi va ajoyib o'ynashi mumkin. Ammo butun mavsum davomida bunday bo'lishi qiyin. Derbidagi bosim futbolchilarga tasir qildi deb o'ylayman.

- Koronavirus tufayli chempionat to'xtatildi. Bunday vaziyatda jamoa futbolchilarining sport formasini ushlab turish qiyin bo'ladimi?

- Afsuski bu juda yomon. Boshqa tomondan bo'sh tribunalar ostida o'ynash ham yomon. Sog'liqni saqlash vazirligi qanday qaror qabul qilishiga bog'liq. Har bir futbolchining oilasi bor, ular ham inson. Albatta qiyin bo'ladi, ammo nima ham qila olardik.

- Andijonga ilk bor keldingiz. Stadion, muhit yoqdimi?

- Stadion ajoyib, muhit ham. Agar maydonga yana biroz yaxshiroq qarashganida nur ustiga alo nur bo'lardi. Bizni yaxshi qabul qilishganidan xursandman. "Andijon"ga omad, muxlislarga sog'lik tilayman.

- Hakamlar haqida nima deya olasiz?

- Ular yaxshi ishlashdi, bizga ham, raqibga ham sariq kartochkalar ko'rsatishdi. Derbini boshqarish doim qiyin bo'lib kelgan.

- Bugun "Navbahor" O'tkir Yusupovsiz qanday o'ynagan bo'lardi?

- Bizda bir futbolchi emas jamoa o'ynaydi. Tarkibda 18 futbolchi bor. Barchaning harakatidan qoniqdim. Kimdir yaxshi o'ynadi, kimdir yomon. Yusupov kabi boshqa futbolchilarga rahmat aytaman.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика