So’nggi yangiliklar

10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  0 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11

Andrey Fyodorov - Jarohatlar, yangi hujumchi, Hamza Karimov va Turkiya yig'ini haqida Yangiliklar

Andrey Fyodorov - Jarohatlar, yangi hujumchi, Hamza Karimov va Turkiya yig'ini haqida

Kecha bo'lib o'tgan "Metallurg" bilan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng "Neftchi" ustozi Andrey Fyodorovning fikrlari bilan qiziqdik.

"To'g'ri bugun nazorat uchrashuvi edi, biroq baribir bunday o'ynab bo'lmaydi. Futbolchilar ko'p xato qilishdi. "Buxoro" bilan o'yinda ham deyarli shunday bo'lgandi. O'shanda raqib vaziyatlardan foydalanmagandi, bugun esa aksi bo'ldi. Futbolchilar o'yin kunlari ham tonggi mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Yani jismoniy yuklamalar juda katta bo'lmoqda. Buni barcha oldindan yaxshi bilardi", - deydi Fyodorov. 

- Bugun hujumda nega birgina Nikita Pavlenko o'ynadi?
- Sababi jarohatlar bilan bog'liq. Murod Bobojonov o'tgan bahsda 10 daqiqa o'ynab jarohat olgandi. SHerzod Hakimov ham oyog'ini qayirib oldi. Suniy maydon bo'lgani uchun futbolchilarda shikastlanishlar bo'lmoqda. Yangi mavsum oldidan safimizga yaxshi hujumchi qo'shib olish rejamizdan o'rin olgan. Hozir hujumchi qidirayapmiz.

- Hamza Karimov borasidagi fikrlaringiz qanday?

- Tajribali ekanligi ko'rinib turibdi. Biroq jarohat tufayli o'tgan yil 4ta o'yindagina maydonga tushdi. SHu bois mashg'ulotlar hamda mana shunday nazorat o'yinlarida o'zini ko'rsatishi kerak.

- Keyingi rejalar bilan o'rtoqlashsangiz.
- Toshkentdagi bu yig'inimiz tugagach Farg'onada Hokim kubogi musobaqasida ishtirok etamiz. SHundan so'ng balki Turkiyada yig'in o'tkazishimiz mumkin. Hozir hujjat ishlari davom etmoqda, - deydi "Neftchi" ustozi. 

Narzulla Saydullaev


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика