So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  0 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  11 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

"Andijon"ning "yangi Jon Obi Mikel"i klub, maqsadlari va koronavirus haqida Yangiliklar

"Andijon"ning "yangi Jon Obi Mikel"i klub, maqsadlari va koronavirus haqida

"Andijon"ning yangi o'yinchisi Ibe Mikael Okoro bilan suhbatlashdik.

O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan "Andijon" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yinda mezbonlar tarkibida Ibe Mikael Okoro debyut qildi. U yangi jamoasida bir necha daqiqalar o'ynaganiga qaramay, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi va gol urishga yaqin keldi.


- "Andijon"gacha bo'lgan faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz?

- Hammasi uchun yaratganga shukur aytaman. 2012 yilga qadar "Fenerbaxche B" jamoasida o'ynadim, undan so'ng 2015-2016 yilga qadar 23 yoshgacha bo'lgan Nigeriya olimpia terma jamoasida o'ynadim. Bu Olimpiadaga yo'l olgan jamoa edi. Ammo, olimpiadaga 2 oy qolganda jarohat olgandim.

Men Nigeriya chempionatida o'ynaganman va kubokni qo'lga kiritganman. KAF Konfederaciya kubogida o'ynab, Sudanning "Al Hilol" jamoasiga qarshi o'yinda xet-trik qayd etganman.

O'tgan yili Nigeriyaga qaytishdan oldin Iordaniyada o'ynadim. Nigeriyada esa hozirda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan "Plate Yunayted" sharafini himoya qildim.


- "Andijon" varianti qaerdan paydo bo'ldi?

- Jamoam "Plate Yunayted" meni umuman qo'yib yuborishni istamadi, ammo men yangidan-yangi marralarni zabt etishni o'yladim va o'zimni boshqa joyda ham sinab ko'rgim keldi.

SHuningdek, men kattaroq klub va kuchli chempionatda o'ynashni istadim va u erda o'zimning istedodimni namoyish etgim keldi.


- O'zbekistondan olgan ilk taassurotlaringiz qanday?

- Nigeriyada meni odamlar "yangi Obi Mikel" deb atashadi. SHu sababdan O'zbekistonga ketishim haqidagi xabar chiqqanida ular menga bormasligim kerakligini tavsiya qilishdi. Kutishim va yaxshiroq joyga yo'l olishim kerakligini aytishdi.


- O'zbekistondan boshqa yana qaerlardan takliflar bo'lgandi?

- Meni Quvayt, Iordaniya, Bahrayn va Vetnamdan taklif qilishdi, ammo menga bu shartnomalar qiziq emasdi. Men kattaroq klubda o'ynashim va yaxshiroq muhitda o'ynashim uchun O'zbekistonga keldim. Pul uchun bu erga kelmadim. Yaxshiroq darajada o'ynash va "super burgutlar" (Nigeriya terma jamoasi)dan taklif olish uchun keldim. Ammo, buning uchun katta jamoada o'ynashim kerak edi.


- Siz "Andijon"ga keldingiz va o'ylaganingizdek katta klubdamisiz yoki bu savolga javob berishga ertami?

- Ha, hozircha klub yaxshi. Ammo, klubimiz bundan ham yaxshiroq bo'lishini xudodan so'rayman. SHahar, odamlar, muxlislar va hamma-hammasini yaxshi ko'rib qoldim. Kelganimdan so'ng menga shuncha hurmat ko'rsatishdi.


- Debyutingiz haqida nima deya olasiz?

- Hammasi uchun xudoga shukur. Hali tarkibda o'rnimga ega bo'lmadim, ammo vaqt o'tgani sayin nimalarga qodirligimni ko'rsataman.


- Ko'p chempionatlar qatori O'zbekiston Superligasi ham koronavirus sababli to'xtatildi. Bu haqida nima deysiz?

- Ha, bu butun dunyo uchun va futbol ixlosmandlari uchun yaxshi emas, ammo salomatlik bu boylikdir. SHu sababli, biz hozir xudodan barchasini kutmoqdamiz va xudoning marhamati bilan hamma narsa yaxshi bo'lishini va kasallikka chalinganlar ham tezda tuzalishlarini bilaman.


Alisher Ostonov suhbatlashdi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика