"Andijon"da tarixiy g'alaba, eng ko'p muxlis yana vodiyda - Superliganing 2-turidan 25 ta fakt
12 mar 2024 12:15
Yangiliklar
"Andijon"da tarixiy g'alaba, eng ko'p muxlis yana vodiyda - Superliganing 2-turidan 25 ta fakt
Tur davomida ayrim natijalar, seriyalar, ananalar yangilandi. Quyida shu haqida batafsil.
- "So'g'diyona"ning "Metallurg" bilan uchrashuvlardagi g'alabasiz seriyasi 4 ta o'yinga etdi. Jamoa so'nggi bor 2022 yil Ulug'bek Bakaev boshchiligida bekobodliklardan ustun kelgandi.
- Ivan Boshkovich murabbiy sifatida so'nggi marotaba 2022 yil "Bunyodkor" boshqaruvida "Metallurg"dan 3 ochko tortib olgan edi (2:1).
- "Metallurg" mezbon maqomida 2021 yildan buyon raqibiga mag'lub bo'lmayapti (3 ta o'yin, 2 g'alaba, 1 durang).
- Bekobod jamoasi 1 yillik tanaffusdan so'ng chempionatning dastlabki 2 ta o'yinida ochko olishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa so'nggi bor 2022 yil mavsumni 1 g'alaba va 1 durang bilan boshlagandi.

- "Paxtakor" 2 yildan buyon "Nasaf"ni mag'lub eta olmayapti. "SHerlar" oxirgi marotaba 2021 yil Piter Xyuistra murabbiyligida "ajdarlar"dan ustun kelgan (1:0).
- Maksim SHackix "Paxtakor" murabbiyi sifatida hali "Nasaf"dan 3 ochko tortib olishni uddasidan chiqqani yo'q, 5 o'yin, 3 durang, 2 mag'lubiyat.
- "Nasaf" Superligada ketma-ket 6 ta o'yindan buyon mehmonda taslim bo'layotgani yo'q. "Ajdarlar"ning mehmondagi so'nggi mag'lubiyati 2023 yilning 5 avgust kuni Yaypanda "Turon" bilan o'yinda yuz bergan.
- "Navbahor" ketma-ket to'rtinchi o'yinda OKMKni mag'lub etolgani yo'q. Samvel Babayan so'nggi bor Mirjalol Qosimovni 2022 yilgi mavsumda taslim qila olgan edi. "Lochinlar" olmaliqliklarga qarshi o'z maydonidagi so'nggi 5 ta o'yinda faqat 1 marotaba 3 ochko ishlashdi.

- OKMK 3 yildan so'ng Superliganing dastlabki ikki turida mag'lub bo'lmadi. Jamoa so'nggi bor bu vazifani 2021 yilgi mavsum startida amalga oshirgan edi.
- Sardor Rahmonov yubileyga yaqinlashdi. Himoyachi "Navbahor"ga qarshi OKMK libosidagi 149 uchrashuvida maydonga tushdi va 9-golini urdi.
- Toma Tabatadze "Navbahor" safidagi 22 o'yinida 10-golini urdi.

- "Andijon" o'z tarixida ilk bor "Bunyodkor" ustidan g'alaba qozondi. Bunga qadar o'tkazilgan 26 ta o'yinda "qaldirg'ochlar" 20 ta g'alabaga erishgan, 6 ta o'yinda durang qayd etgandi.
- "Burgutlar" tarixda birinchi marotaba "Bunyodkor" darvozasiga 2tadan oshiq to'p kiritishdi.
- "Andijon" 12 yildan so'ng Superligada "Bobur Arena"da raqibi darvozasiga 5 ta to'p kiritdi. Jamoa so'nggi bor 2012 yil o'z maydonida "Qizilqum"ni 5:1 hisobida enggandi.
- Bubanya "Andijon" tarkibida ilk bor Superligada gol urdi. Bubanya Superligadagi bundan oldingi so'nggi golini (4 yilu, 8 oy va 16 kun oldin) "Surxon" safida aynan "Bunyodkor" darvozasiga urgan.
- "Bunyodkor" 5 yildan so'ng Superligani ketma-ket 2 ta mag'lubiyat bilan boshladi.
- Toshkent klubi o'z tarixida birinchi marotaba Superliga startida darvozasidan 8 ta gol olib chiqdi.
- Usmonali Ismonaliev Superligada faoliyatidagi 1 qizil kartochkasini oldi.
- "Paxtakor", "Navbahor", "Nasaf"dan so'ng "Andijon" "Bunyodkor"ga 5 ta gol urgan 4-klub bo'ldi.
- Samir Jelkovich "Bunyodkor" tarkibida Samir Bekrichdan so'ng gol urgan 2-bosniyalik futbolchi bo'ldi.

- "Dinamo"ning Superligada "Neftchi" bilan to'qnashuvlardagi g'alabasiz seriya davom etadi. Samarqandliklarning 2017 yilgi g'alabasi so'nggisi bo'lib qolmoqda.
- Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" 9 yildan so'ng Superligada "Dinamo" ustidan g'alabani tantana qildi. Jamoa so'nggi bor buni 2015 yilda uddalagandi.
- Abbos G'ulomov "Dinamo"ga qarshi "Neftchi" libosidagi 50-uchrashuvida maydonga tushdi.
- "Dinamo" Superligada 2017 yildan so'ng mavsumni g'alabasiz boshlamoqda. O'sha yili jamoa Superliganing 2 ta turida ketma-ket g'alabalarga erishgan edi.
- Superliganing 2-turida ham eng ko'p muxlis vodiyda bo'ldi. "Navbahor" - OKMK o'yinini 10 362 kishi stadiondan kuzatgan bo'lsa, "Andijon" - "Bunyodkor" o'yiniga 10 140 nafar muxlis tashrif buyurdi. Malumot uchun, 1-turda eng ko'p ishqiboz Namanganda kuzatilgandi ( 7 891 kishi).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar