So’nggi yangiliklar

07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6

“Andijon” nazorat uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

“Andijon” nazorat uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi

Teglar :  Andijon
Yangi mavsumga o'z qarorgohida tayyorgarlik olib borayotgan “Andijon” bugun ikkinchi bosqich yig'inidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Sparring raqib sifatida “Navbahor” yoshlar jamoasi tanlandi. Andijon shahar, SHo'rbuloq dahasida joylashgan “FIMI” suniy maydonida kechgan bahs ikkalda jamoa murabbiylari uchun ham haqiqiy sinov bo'ldi deyish mumkin. Boisi o'yinning har bir taymi 60 daqiqadan iborat bo'lib, murabbiylar ixtiyoridagi har bir futbolchiga bir taymdar o'ynash imkonini berdi va bu orqali ular ko'rikda bo'lib turgan o'yinchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdi.  

Uchrashuvning birinchi bo'limi andijonliklarning benefisiga aylanib ketdi. Avvaliga Mirshohid Olimov boshi bilan darvoza to'rini aniq nishonga olib hisobni ochdi. Ushbu markaziy himoyachi bungacha “NBU-Osiyo” jamoasida o'ynab kelayotganini aytib o'tish lozim.  

Ikkinchi gol ham o'zini uzoq vaqt kuttirib qo'ymadi. Asli anjdijonlik bo'lgan va o'tgan mavsum faoliyatini qo'shni Qirg'iziston chempionatida o'tkazgan Alisher To'xtasinov darvozaga zarba berishga noqulay tarzda turgan bo'lishiga qaramay, o'ng oyoqda aniq zarba berib, ikkinchi golni kiritdi.  

Oradan biroz vaqt o'tgach, To'xtasinov o'z dublini rasmiylashtirdi. Bu safar u raqib posbonini boshi bilan yo'llagan zarbasi orqali ojiz qoldirdi.  

Taym shu tariqa mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.  

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada ham tarkib butunlay o'zgardi. Yangi kuchlar o'yinni kuchaytirishga harakat qilgan bo'lsada, stadionga tashrif buyurgan muxlislar bitta golga guvoh bo'ldi xolos. “Yangier” jamoasidan taklif etilgan iqtidorli hujumchi Uyg'un Bobonazarov kuchli va aniq zarbasi bilan darvozani ishg'ol etib, o'yinda yakuniy nuqtani qo'ydi.  
SHundan so'ng darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. SHu tariqa “Andijon” nazorat uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi.  

“Burgutlar”ning Andijondagi o'quv-yig'ini davom etadi.  

 
14.01.2018 yil
Nazorat uchrashuvi.

“Andijon” – “Navbahor” 4:0 (3:0).
Andijon. “FIMI” stadioni.

Hakamlar: 
Akmal Rahimov, Elziyod Isomiddinov, Xushnud Suyunbooev.

“Andijon”: Ilyos Ismoilov, SHoxruh Ergashev, Abdurasul Komilov, Mirshohid Olimov, Abbos Po'latov, Sunnat Abdullajonov, Usmonali Ismonaliev, Jahongir Mahsudov, Maqsud Mahmudov, Alisher To'xtasinov, Alisher Abduvohidov.  

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Zuhriddin Qahhorov, Akmal Rahmatullaev, Sirojiddin Ettiboev, Orif Abdug'aniev, Ramziddin To'xtanazarov, Mirjalol Rajabov, Uyg'un Bobonazarov, Abdullo Abdulazizov, Ahror O'ktamov, Ziynatillo Ikromjonov, Bunyod Jakbarov, Abdurahmon Komilov.  

Gollar: Mirshohid Olimov. Alisher To'xtasinov. Alisher To'xtasinov. Uyg'un Bobonazarov.  

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика