So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

"Andijon" "Mashal" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda Yangiliklar

"Andijon" "Mashal" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

Malumki, 6 aprel kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liga o'yinlari start oladi.

Jumladan, shu kuni Andijon shahridagi «Sog'lom avlod» stadionida liganing ikki favoriti deya etirof etilayotgan «Andijon» va «Mashal» o'zaro to'qnash keladi. Albatta, bu eski tanishlarning yangi to'qnashuvi ko'pchilikni katta hayajon ostida ushlab turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Eldor Sakaev boshqaruvidagi «burgutlar» chempionatning ilk o'yinida qanday bo'lmasin muxlislarga g'alaba taqdim etishi shart. Buni ayni damda jamoaning har bir azosi yaxshi his etib turibdi. Andijonliklar bo'lajak uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Jamoa kecha joriy yil hisobidan ilk bor «Sog'lom avlod» stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Darvoqe, maydonninn xolati kundan-kunga ijobiy tomonga o'zgarib borayotganini aytish lozim.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, asli andijonlik bo'lgan. Ammo bungacha Toshkentning «Paxtakor» va Navoiyning «Qizilqum» jamoalarida o'ynab yurgan Begzod G'anijonov bu yil «Andijon»ga taklif etildi. 20 yoshli hujumchidan murabbiylarning umidi katta.

SHuningdek o'tgan mavsum «Andijon» sharafini himoya qilgan Qahramon Mahamadjonov joriy mavsum boshqa klubga ijaraga beriladigan bo'ldi. Tajribali himoyachiga Farg'onaning «Istiqlol» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ammo bu o'tish rasman to'liq amalga oshmaganini ham aytib o'tish darkor. Bosh murabbiy uning o'rnini «Bunyodkor»ning iqtidorli o'yinchisi Nodir Mavlonov bilan to'ldirishga qaror qildi. 22 yoshli futbolchi maydon markazida xarakat «qora mexnat» bilan shug'ullanish bilan birga, standart vaziyatlardan ham ko'pincha unumli foydalana oladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика