Anchelottining o'g'li Gyuler sababli otasini aybdor qilib qo'ydi
13 fev 2024 21:28
Yangiliklar
Anchelottining o'g'li Gyuler sababli otasini aybdor qilib qo'ydi
Madridliklarning turkiyalik yosh futbolchisi Arda Gyuler shanba kuni La Liganing 24-turi doirasida "Jirona"ga qarshi o'yinda (4:0) zaxiradan maydonga tushdi va o'yin so'ngida penalti ishladi.
Hakam 11 metrli nuqtaga ishora qilgach, maydon chetida turgan mezbonlar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karvaxalga penaltini Ardaning o'zi amalga oshirishi kerakligini aytgan.
Biroq italiyalik mutaxassisning o'g'li va yordamchisi Devid otasining ortidan kelib, penaltini Xoselu amalga oshirishi lozimligini takidlagan, sababi, ushbu nuqtada hujumchining ko'rsatkichlari yaxshi bo'lgan.
Bosh murabbiy esa o'g'lining fikriga amal qildi, ammo yakunda Xoselu 11 metrli jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi. Malumki, qaror va natija uchun bosh murabbiy javobgar hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar