Anchelotti: "Madridga shubhalar bilan qaytyapmiz. Biz mag'lubiyatga mos emasdik"
20 mar 2023 10:50
Yangiliklar
Anchelotti: "Madridga shubhalar bilan qaytyapmiz. Biz mag'lubiyatga mos emasdik"
81-daqiqada hisob 1:1 bo'lib turgan bir pallada, yarim himoyachi Marko Asensio urgan gol takroriy lavhalardan keyin "VAR" maslahati bilan, o'yindan tashqari holat tufayli, bekor qilingandi.
"Biz hali ham ofsaydga shubha bilan qarayapmiz. Bu holatda 100% ishonch bilan fikr bildira olmaysiz. Madridga shubhalar bilan qaytyapmiz.
To'g'risini aytsam, biz mag'lubiyatga mos o'yin ko'rsatmadik. JCH-2022 misol uchun ofsaydlar yaqqol edi, lekin bu erda shubhaga o'rin bor.
JCH-2022dan keyingi yanvar bizga qimmatga tushdi, ammo hozir hammasi joyida. O'ylashimcha, "Real" mavsumni chiroyli yakunlay oladi.
O'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rish – bu biz uchun ustuvor vazifa. Faqatgina shu yo'l bilan mavsumni ijobiy ruhda yakunlab qo'yishimiz mumkin. Bu uchrashuvni boshimizni mag'rur ko'tarib yakunladik", – dedi "Real" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar