Amrabat uchun kurash qizg'in kechmoqda
08 dek 2022 15:19
Yangiliklar
Amrabat uchun kurash qizg'in kechmoqda
Marokash terma jamoasining JCH-2022dagi muvaffaqiyati tufayli jamoa o'yinchilari Evropa klublari etiborini tortmoqda.
26 yoshli "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni tarkibida ko'rishni istaydiganlar soni ortib bormoqda. Uning vakillari "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp bilan ko'rishgani va ikkinchi uchrashuvni Jahon chempionatidan so'ng o'tkazishga kelishib olishgani malum bo'ldi.
SHuningdek, futbolchining holatini Angliyaning "Tottenxem" va Italiyaning "Milan" klublari ham kuzatib boryapti.
Qatardagi mundialda shov-shuvli tarzda yurishini davom ettirayotgan Marokash terma jamoasi tarkibida Sofyan Amrabat barcha 4 ta uchrashuvda maydonda harakatlanib, jamoa muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar