Amorim Brunuga "Real" qiziqayotganiga munosabat bildirdi
01 apr 14:39
Yangiliklar
Amorim Brunuga "Real" qiziqayotganiga munosabat bildirdi
Oldinroq "Real" klubi 30 yoshli portugaliyalikka qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi. Ehtimoliy transfer summasi esa 90 mln funt deb baholangandi.
"Real" "Manchester Yunayted" sardorini sotib olishga urinib ko'rishi mumkinFernandeshning ingliz klubi bilan kelishuvi 2027 yilgacha mo'ljallangan va uni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
"Yo'q, u ketmaydi. Biz APLda chempion bo'lishni xohlaymiz, eng yaxshi o'yinchilarimiz biz bilan bo'lishlari lozim. U bizga kerak, shuning uchun u hech qaerga ketmaydi.
Biz vaziyatni nazorat qilyapmiz, Brunu bu erda baxtli ekanligini sezyapman. Biz nimani erishishni xohlayotganimizni u tushunib turibdi. Bundan tashqari, o'ylashimcha, u "Manchester Yunayted" muxlisiga aylanib ulgurgan.
Yana bir marta aytaman - u bizga kerak va hech qayoqqa ketmaydi. Men unga bu haqda allaqachon aytdim", - dedi Amorim.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar