So’nggi yangiliklar

11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  0 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  4 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  10 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  3

Amirjon Safarov – Dinamoning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi! Yangiliklar

Amirjon Safarov – Dinamoning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi!

So'nggi 10 kun davomida klub rasmiy saytida muxlislar o'rtasida Dinamo jamoasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim? co'rovnomasi o'tkazildi.


So'rov yakunlaridan oldin qayd etish joiz, aprel oyida Dinamo Oliy Liga doirasida 4 ta o'yinda ishtirok etdi:

5-tur (7 aprel): Qo'qon-1912 - Dinamo - 2:1

6-tur (15 aprel): Dinamo - Buxoro - 3:1

7-tur (20 aprel): Bunyodkor - Dinamo - 1:1

8-tur (29 aprel): Dinamo - So'g'diyona - 2:2



Ushbu bahslarda bir mag'lubiyat, bir g'alaba, ikki durangga erishgan Dinamo 8-turdan keyin 14 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.

Etiborlisi, ushbu to'rt bahsda asosan zaxiradan maydonga tushgan bo'lishiga qaramay, jamoa hujumchisi Amirjon Safarov 3 ta gol (Buxoro va So'g'diyona bilan o'yinda) va 1 ta golli pas (Qo'qon-1912 bilan o'yinda) amalga oshirib, yakunda muxlislar ovozlariga ko'ra, Dinamo jamoasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga 106 ta ovoz, yani umumiy ovozlarning 32.5 % foizi berilgan.

Ikkinchi o'rindan esa Javohir Qahramonov joy oldi. Jamoaning iqtidorli yarimhimoyachisi Buxoro va Bunyodkorga qarshi bahsda bittadan gol urib, bitta golga hammualliflik ham qildi. Unga muxlislarning 30.4%, yani 99 ta ovoz berilgan.

Bu borada uchinchi o'rindan jamoaning yagona legioneri, Radu Rogak joy olgan. 22 yoshli moldovalik himoyachiga 43 ta ovoz (13.2%) berilgan.

SHuningdek, Akmal Bozorov 35 (10.7%), Jasur Azimov 12 (3.7%), Mirkomil Lokaev 10 (3.1%), Abdujamol Isroilov 8 (2.5%), Mixail Naumov 7 (2.1%), Orif Mamajonov 6 (1.8%)larga ham ovozlar berilgan. Co'rovnomada jami 326 ovoz ishtirok etgan.

Eslatib o'tamiz, mart oyi yakunlariga binoan, jamoa sardori Akmal Bozorov Dinamoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика