Amirbek Saidov: "O'zbekistonning nimalarga qodirligini ko'rsatdik"
28 noy 2023 15:44
Yangiliklar
Amirbek Saidov: "O'zbekistonning nimalarga qodirligini ko'rsatdik"
Uning Angliya, Kanadaga urgan gollari g'alabalarda muhim rol o'ynadi. Kecha tantanali kutib olish marosimida Amirbek Saidov va uning otasi Alisher Niyazovga mikrafon tutdik.
"Musobaqani katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdik. Nafaqat o'g'lim Amirbek, balki butun terma jamoamiz uchun xursandman. Terma jamoa murabbiylari, shifokorlari, rahbariyatga minnatdorchilik bildirib qolaman. Butun jamoa birlashib, munosib natija ko'rsata olishdi. Jahon chempionatida har bir futbolchi gol urishni, o'zini ko'rsatishni istaydi. Amirbekning gollarida barchaning mehnati bor. Bu – lotereya. Umuman, terma jamoadagi barcha o'yinchilar borlarini bergani ko'rinib turdi.
Endilikda barchasi o'ziga bog'liq. O'z ustida ishlashdan to'xtamasa, katta jamoalarda ham o'ynaydi. Men bunga ishonaman", – dedi futbolchining otasi Alisher Niyazov.

"Jahon chempionati yuqori kayfiyatda o'tdi. Ko'rganingizdek, biz ko'prog'iga loyiq edik. Maqsadimiz chempionlik edi. Umuman, barchasi alo darajada o'tdi. Boshida biroz tempga kirishish qiyin bo'lganini hisobga olmasa, qolgan o'yinlarda O'zbekistonning nimalarga qodirligini ko'rsatdik. Maydonda Angliyami yoki Franciya, barcha raqibni mag'lub etishga tayyor edik. Maydonda ular bir xil raqibga aylanadi", – dedi Amirbek Saidov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar