So’nggi yangiliklar

17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  1 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  2 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  4 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12

Amir G'alinoi: "Eron xalqidan kechirim so'rayman. Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri" Yangiliklar

Amir G'alinoi: "Eron xalqidan kechirim so'rayman. Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri"

Osiyo kubogi yarim final o'yinida alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alinoi Qatar bilan o'yindan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi.

"Eron xalqidan ularni xursand qila olmaganim uchun kechirim so'rayman. Bu uchrashuvda bor kuchlari bilan harakat qilgan o'yinchilarga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatgandik. Ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Ikkinchi bo'limda sakkiz marta burchak zarbasini amalga oshirdik, ammo kerakli gollarni ura olmadik. Futbolda sen urmasang, senga urishadi degan gap bor. Bugun shu jumla o'z tasdig'ini topdi. Yakunda Qatarga mag'lub bo'ldik. Texnik tomondan raqibdan ustun edik, ammo buni hisobda aks ettira olmadik. Mag'lubiyat uchun masuliyatni to'liqligicha o'z bo'ynimga olaman. Bugun hayotimdagi eng yomon kunlardan biri bo'ldi. Hech kimni ayblamayman. Natija kerak bo'lgani sababli juda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdim. Mehdi Taremi bugun yaxshi harakat qildi, shunchaki u o'z vaziyatlarini golga aylantira olmadi. Bu futbolning bir qismi. Ha, turnir davomida ettita gol o'tkazdik, ammo Yaponiya bilan o'yinda bu muammolar ko'zga tashlanmayotgandi. Bugun Qatarga yutqazib qo'ydik va buni barchasi yuzaga chiqdi. Oxirgi daqiqalarda omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi.

Qandaydir tanqid yoki kamchilik bo'yicha aynan men uzr so'rashim kerak, futbolchilar emas. Terma jamoaning yulduz futbolchilariga barchasi uchun rahmat aytib qolaman. Evropada o'ynaydigan futbolchilarimiz professional tarzda mehnat qilishdi. Qatarning o'yinini yaxshi analiz qilgandik. Birinchi bo'limda barchasiga nuqta qo'yishimiz va g'alabani taminlashimiz mumkin edi. Biroq, final orzu bo'lib qoladigan bo'ldi.

Osiyo kubogi ortda qoldi. Endi jamoani kelgusi musobaqalarga tayyorlayman. Oldinda Jahon chempionati saralash bahslari bor. Eron terma jamoasida faoliyat olib borgan barcha xodimlar, futbolchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman", -deydi Amir G'alinoi.

Iran

Sardar Azmoun - 4', Alireza Jahanbakhsh - 51'

Asian Cup Final Stage . Semi Finals-tur

07/02/2024, 20:00

3
:
2
Tugadi

Qatar

Jassem Gaber - 17', Akram Afif - 43', Almoez Ali - 82'

Stadion: Al Thumama Stadium, 40342 tomoshabin

45'
90'
4'  Sardar Azmoun
18'  Mehdi Torabi
21'  Ehsan Haji Safi
46'  Ehsan Haji Safi (Milad Mohammadi)
46'  Omid Ebrahimi (Mohammad Mohebi)
51'  Alireza Jahanbakhsh
87'  Ramin Rezaeian (Shahriar Moghanlou)
90'  Shoja Khalilzadeh
90'  Mehdi Taremi (Reza Asadi)
17'  Jassem Gaber
17'  Akram Afif
40'  Almahdi Ali Mukhtar
43'  Akram Afif
43'  Ahmed Fathi
46'  Homam Elamin (Ismael Mohammad)
50'  Ahmed Fathi
63'  Yusuf Abdurisag (Hassan Al Haidos)
64'  Pedro Miguel (Tarek Salman)
68'  Almahdi Ali Mukhtar (Boualem Khoukhi)
81'  Jassem Gaber (Abdulaziz Hatem)
82'  Almoez Ali
82'  Abdulaziz Hatem
89'  Tintin Marquez

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика