So’nggi yangiliklar

10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  2 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  5 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  7 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  8 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  7 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  14 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  8 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  21 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  4 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  21 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2

Amir G'alenoi: "Bir kishi kam bo'lib ham ikkita penalti ishladik, hakamlar VAR orqali ham xatolar qilishmoqda" Yangiliklar

Amir G'alenoi: "Bir kishi kam bo'lib ham ikkita penalti ishladik, hakamlar VAR orqali ham xatolar qilishmoqda"

JCH-2026 saralashi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin Eron termasi bosh murabbiyi Amir G'alenoi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda ikki jamoani ham chiroyli o'yin bilan tabriklayman. Jamoam namoyish etgan o'yindan qoniqdim. Biz bir kishi kam bo'lib o'ynadik. Statistika bo'yicha ham biz raqibdan ustun edik. Darvozaga yo'llangan zarbalar va aniq zarbalar bo'yicha O'zbekistondan yaxshiroq natija qayd etdik. Fikrimcha, bugun biz ikkita penalti ishlab olgandik, ammo hakam bunday fikrda bo'lmadi. Dastlabki uch turdan so'ng bizda 7 ochko bor va birorta gol o'tkazib yubormadik", - dedi Amir G'alenoi.

- Jamoangiz bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng hujumkor futbolchilarni maydonga tushirdingiz va jamoangiz o'yin so'ngida juda yaxshi harakat qildi. Bir kishi kam bo'lib ham Toshkentda g'alaba qozonib ketmoqchi edingizmi? 

- O'zingiz ham ushbu savolga javobni bilasiz deb o'ylayman. Biz bir kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin ham hujum qildik va bir nechta burchak zarbalarini ishlab oldik. O'zbekiston darvozaboni ham ko'p vaziyatlarda o'z jamoasini qutqardi. Qizil kartochkadan so'ng ikkita penalti ishlagandik.

- Uchrashuv yakunlanganidan so'ng muxlislar oldiga borib, ular bilan suhbat qurdingizlar. Eron terma jamoasi muxlislari bilan nima haqida gaplashdingiz?

- Men ularga rahmat aytdim. Bu tabiiy holat, ular bizni butun o'yin davomida qo'llab-quvvatlashdi.

Eronlik jurnalist savoli: - Bugungi hakamlik haqida fikr bildirib o'tsangiz. Bizning foydamizga bo'lgan yaqqol penaltilar belgilanmadi. Hatto VAR tizimi ham ushbu vaziyatlarda penalti belgilamadi.

- Bosh hakam bugun o'yinni yaxshi boshqardi. Hakam o'yin ritmini buzmadi, lekin avvalroq aytib o'tganimdek, biz ikkita penalti ishlagandik. Bu mening shahsiy fikrim. Masalan, yaqinda bo'lib o'tgan Evropa chempionatining chorak final bahsida ham shunday holat ro'y berdi. Germaniya - Ispaniya o'yini so'ngida Ispaniya darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilanishi kerak edi. UEFA esa bir yarim oydan keyin ushbu holatda penalti belgilanishi kerak bo'lganini tan oldi. Hakamlar VAR tizimi bilan ham xatoga yo'l qo'yishi mumkin. Futbol shu bilan qiziq.

- Eron terma jamoasi bugun o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etmadi. O'zbekiston bugun Eronni shunday o'ynashga majbur etdimi?

- Bugun yaxshi o'yin guvohi bo'ldik. Bu guruhdagi eng yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Biz keyingi uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak. Bugun Eron terma jamoasini qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Ushbu o'yinlarni yoritgan barcha OAV vakillariga ham rahmat.

- Siz Eron terma jamoasi foydasiga belgilanmagan penaltilar haqida gapirib o'tdingiz, ammo O'zbekiston terma jamoasiga bir nechta vaziyatda penalti berilishi mumkin edi. Ushbu holat haqida fikr bildirsangiz?

- Biz vaziyatlarni texnik kameramiz orqali takroran ko'rdik. Mening fikrimcha, biz penalti ishlagandik. Bu mening fikrim, holos.

- Eronlik jurnalist savoli: Biz dastlabki uchta uchrashuvda darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Bugun O'zbekiston terma jamoasiga vaziyatlar yaratishga deyarli imkoniyat bermadik. Himoya chizig'imizning mustahkamligining sababi nimada?

- Biz Osiyo Kubogida ham juda yaxshi himoyalanishimizni ko'rsatgandik. Faqatgina individual xatolar sababli gollar o'tkazib yuborgandik. Bugungi uchrashuvda ham yaxshi himoyalana olishimizni isbotladik. Ali Nematini milliy terma jamoa safidagi debyuti bilan tabriklayman. Umid qilamanki, u kelajakda Eron terma jamoasi safida hali ko'p maydonga tushadi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика