Allegri: "Ronaldu CHLning eng yaxshi futbolchisi bo'lmaganidan xafa. Bu normal holat"
01 sen 2018 16:15
Yangiliklar
Allegri: "Ronaldu CHLning eng yaxshi futbolchisi bo'lmaganidan xafa. Bu normal holat"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Krishtianu Ronaldu CHempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi bo'lmaganidan g'azablanganini tasdiqladi.
Ushbu sovrin "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etdi.
"Bu Ronaldu tomonidan normal reakciya. U o'tgan mavsum CHempionlar ligasida 15ta gol urib, Modrich va "Real"ning boshqa futbolchilari bilan birga sovrin yutgan edi. Krishtianu doimo eng yaxshi bo'lishni istaydi va bu biz uchun ustunlik. Taqdirlashda ishtirok etmaslik - bu uning shaxsiy qarori va uni hurmat qilish kerak" - deydi Allegri.
Fikrlar