Alkantara Zeedorfning natijasini takrorlashi mumkin
04 may 2022 19:44
Yangiliklar
Alkantara Zeedorfning natijasini takrorlashi mumkin
“Liverpul” yarim himoyachisi Tiago Alkantara Klarens Zeedorfning yutug'ini takrorlashi mumkin.
Niderlandiyalik futbolchi uchta jamoa bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqqan, u 1995 yilda "Ayaks", 1998 yilda "Real" va 2003 va 2007 yillarda "Milan" bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Agar "Liverpul" ushbu mavsum finalida g'alaba qozonsa, Alkantara ushbu yutug'ini takrorlaydi. Avvalroq futbolchi 2011 yilda "Barselona" va 2020 yilda "Bavariya" bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgandi.
"Liverpul" ECHL yarim finalida "Vilyarreal"ni umumiy hisobda 5:2 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Angliya klubining raqibi “Real” – “Manchester Siti” juftligida aniqlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar