So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

Alirizo Jahonbaxsh: "O'zbekiston terma jamoasida barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman" Yangiliklar

Alirizo Jahonbaxsh: "O'zbekiston terma jamoasida barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman"

Osiyo kubogida Championat.Asia'dan eksklyuziv.

Eron terma jamoasi vingeri Alirizo Jahonbaxsh kecha bo'lib o'tgan Falastin terma jamoasi (4:1)ga qarshi o'yindan so'ng Championat.Asia'ga intervyu berdi. Intervyuni bu erda o'qishingiz mumkin, Alirizo esa biroz oldin saytimiz rahbari Gayrat Xasbiullin bilan gaplashdi. Ular yaxshi tanish va do'stona ruhda suhbatlashishdi.


A.J.: Salom, sizni ko'rishdan mamnunman. Ishlaringiz qanday?

Championat.Asia: Salom, hammasi yaxshi. Sizni Toshkendagi jahon chempionati saralash o'yinida kutgandik, ammo kelmadingiz.

A.J.: Ha, jarohatim bor edi. O'zbekistonga qarshi bellashuvdan bitta o'yin oldin tizzamni jarohatlab oldim. Bugun esa maydonga chiqdim. Eron terma jamoasiga qarshi javob o'yiniga borasizmi?

Championat.Asia: Ha, balki borarmiz.

A.J.: Sizni ko'rib turganimdan juda ham xursandman!

Championat.Asia: Biz ham! O'zbekistonning Osiyo kubogida Eronga qarshi o'ynashiga umid qilaman. Balki, yarim finallarda.

A.J.: Turnir qanday kechishini ko'ramiz. Terma jamoangiz uchun ilk o'yin qanday o'tdi? O'yin borishini nazorat qildinglarmi?

Championat.Asia: Suriya bilan o'ynadik, gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi.

A.J.: Suriyaga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan...

Championat.Asia: Ha, ular doim jarima maydonchasida "avtobus qo'yishadi". Ularni Ektor Kuper boshqarmoqda, bu ko'p narsadan dalolat beradi.

A.J.: O'zbekiston terma jamoasida barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman. Keyingi o'yin kim bilan?

Championat.Asia: Ikkinchi o'yin Hindistonga qarshi. Yutishga umid qilamiz. Uchinchi o'yin esa Avstraliyaga qarshi...

A.J.: Sizlarda baribir imkoniyat bor. O'zbekiston – yaxshi jamoa.

Championat.Asia: Guruhdan chiqamiz deb o'ylayman, ammo pley-offda kimga tushishimiz noaniq. Balki umuman Yaponiyaga tusharmiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика