So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. "Сурхон" - ОКМК. Асосий таркиблар маълум  0 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  0 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  2 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  17 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  17

Aliqulov: "G'alaba bizni Superligaga yaqinlashtirdi" Yangiliklar

Aliqulov: "G'alaba bizni Superligaga yaqinlashtirdi"

Pro-liganing 24-turi doirasida "Olimpik MobiUz"ga qarshi o'yindan keyin "Mashal" ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

Mash’al

Anvar Murodov - 14', Nurzhahon Muzaffarov - 79', SHahboz Jo'rayev - 81'

Pro liga. 24-tur

23/10/2024, 16:00

1
:
3
Tugadi

Olimpik-MobiUz

Nurlan Ibraimov - 5'

45'
90'
14'  Anvar Murodov
79'  Nurzhahon Muzaffarov
81'  SHahboz Jo'rayev
81'  Islom Baratov
5'  Nurlan Ibraimov
5'  Murod Komilov

O'yin haqida

- O'yin boshida kirishib ketishga qiynaldik. "Olimpik MobiUz" tezkor jamoa, maydonda bosh ko'targani vaqt bermaydi, pressingda o'ynaydi va qarshi hujumlarga zo'r chiqib ketishadi. Ularning to'p bilan muomalasi, futbolchilarning bir-birini tushunishi, agarda ularni sal bo'sh qo'ysangiz Pro-liganing istalgan jamoasiga muammolar keltirishi mumkin. Bugun raqib bizni jazolashi mumkin edi. Bu jamoa tez o'ynashga, bosim uyushtirishga harakat qiladi va shu boisdan o'yin yakuniga kelganda charchoq va bo'sh hududlar paydo bo'ladi. Oldingi o'yinda ham shundan foydalangandik. Bugun ham hujumlarning ko'p qismini qanotlardan uyushtirdik. Bugungi g'alaba bizni Superligaga yaqinlashtirdi. Futbolchilardan mavsum yakuniga qadar chiroyli o'yin ko'rsatishini va tezroq Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni so'rayapmiz.

- Yigitlar o'zlarini raqibdan kuchli deb hisoblagani uchun gol o'tkazib yubordimi?

- O'zimiz hujum boshlashda xatoga yo'l qo'yib, gol o'tkazdik. Goldan keyin o'zimizni yig'ishtirib oldik deya olmayman. CHunki "Olimpik MobiUz" goldan keyin ham bosim uyushtirishga harakat qildi. Biz hujumga o'tishga intildik va bir hujumni golga aylantirdik. Ikkinchi bo'limda tezlik qo'shdik. Raqib tez o'ynashga harakat qilib, to'pni yo'qotganida fol ishlatishni boshladi. Bugun bo'sh hududdan, standart vaziyatdan va tezlik orqali gol urdik. Ushbu g'alaba bilan jamoani, rahbariyatni va barchani tabriklab qolaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика