Aleksandr Xomyakov: "Standart vaziyatlarni hisobga olmaganda raqib darvozasi oldida deyarli vaziyat yaratmadik"
03 mar 2024 17:58
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Standart vaziyatlarni hisobga olmaganda raqib darvozasi oldida deyarli vaziyat yaratmadik"
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Avvalambor yangi futbol mavsumi bilan barcha muxlislarni tabriklayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bugun yomon o'ynamadik, ammo biroz emociyaga berildik. SHaxsan men ham ayrim vaziyatlarda qizishib ketdim. Standart vaziyatlarni hisobga olmasak raqib darvozasi oldida deyarli vaziyat yaratmadik. Butun o'yin davomida gol urish uchun bitta yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik. Raqibimiz esa vaziyatlar yarata oldi, ammo darvozabonimiz hushyor edi. Hozir o'yin haqida bir nima deyish qiyin, sal vaqt o'tsin va sovuq miyaga o'yinni tahlil qilib chiqamiz. Safarda ochko qo'lga kiritdik va ishlashda davom etamiz.
- Bugungi o'yinda jamoangiz qayd etgan natijadan qoniqdingizmi?
- Ha, sababi raqibimiz ikkinchi bo'limda ko'p vaziyatlar yaratdi, biz esa himoyalandik. Gol o'tkazib yubormadik va bir ochkoni qo'lga kiritdik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar