Aleksandr Xomyakov: "Rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas"
23 noy 2024 20:27
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas"
- Ochko bizga juda kerak edi, buning ustiga muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilmay qo'ygandik. Muvaffaqiyatimizdan xursandman, hammani tabriklayman. Uydagi bahslarni ishonchli yakunladik. Birinchi va oxirgi uchrashuvlar juda muhim - deya so'z boshladi mutaxassis.
- Bugungi g'alabadan so'ng kayfiyatingiz yo'qdek?
- Nega yo'q. CHarchagan bo'lsam kerak. Hissiyotlarga kuch qolmagandir.
- "Navbahor" "Andijon"ga qarshi 2ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi. Kelasi bahs namanganliklarga qarshi bo'ladi. Ligada qolish vazifasini uddalagan jamoaning ruhiyati tushib ketmadimi?
- Biz uchun bu pricipial bahs. Joriy mavsum ularni biroz xafa qildik, "Andijon"ni qiziq uchrashuv kutib turibdi. Muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz.
- "Andijon"ni tark etadigan futbolchilar haqida malumot bera olasizmi?
- Men hali rahbarlar bilan gaplashganim yo'q, hozircha hammasi faqat mish-mish.
- Kelasi yil jamoada ishlaysizmi?
- Amaldagi shartnomam bor, rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas. Qarorni men qabul qilmayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar