So’nggi yangiliklar

18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  0 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  1 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  9 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   6 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  17 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  1 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  6

Aleksandr Xomyakov: "Omadimiz keldi, chunki "Nasaf" bu o'yinda katta ustunlik qildi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Omadimiz keldi, chunki "Nasaf" bu o'yinda katta ustunlik qildi"

Coca Cola Superliganing 1-turi doirasida "Nasaf" mag'lub etilganidan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob berdi.


- Barcha muxlislarimizni mavsumning starti bilan tabriklayman. CHempionatimiz qiziq va yuqori shiddatda bo'lishini tilab qolaman. G'alaba yoqimli bo'ldi, shak-shubxasiz. Buning uchun etarli darajada harakat qilishimiz kerak edi. Yigitlar maydonda borini berdi. Boshqa tomondan olib qarasak, bugun omadimiz keldi, deya olaman. CHunki o'yinning katta qismini biz to'psiz o'tkazdik. "Nasaf" hududiy jihatdan katta ustunlik qildi. Biroq yigitlar mustahkam bardosh bilan yagona vaziyatni kutishdi va undan foydalanishdi. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'z navbatida barcha ko'rsatmalarni bajargan futbolchilarga ham minnatdorlik bildiraman.

- "Nasaf"ga nima etishmadi?

- Futbolda mayda faktlar ham natijaga tasir o'tkazadi. SHunchaki bugun omad bizning tomonda bo'ldi. "Nasaf" - qanday uslubda, sxemada o'ynamasin, o'zbek futbolining bayroqdori, qiyin raqib. Ular bilan tenglashish oson emas. Aslida o'yinga bo'lgan rejamizda boshidanoq himoyada bo'lmasligimiz kerak edi. Biroq bunga majbur bo'ldik. Maydon markazida agressiv o'yin ko'rsatishni istagandik. Bu vazifani ham amalga oshira olmadik. CHunki "Nasaf" katta bosim uyushtirdi va jarima maydonchamizga qamab qo'ydi. Bu g'alaba yigitlarning xarakteri sabab bo'ldi. O'yindagi yagona vaziyatimizdan foydalanib ketdik.

- Jamoaning mavsumiy maqsadi qanday?

- Rahbariyat maksimal ravishda ochkolar olishni vazifa qilib qo'ygan. Biz muxlislar va rahbariyatimiz uchun qo'limidan kelganicha harakat qilamiz, ochkolar olishga intilamiz.

- 35-daqiqada Sardor Azimov jarohat oldi. U keyingi turlarda jamoaga yordam bera oladimi?

- Afsuski, hozirda unga men tashxis qo'ya olmayman. Jarohatning qanchalik darajada ekanligi natijalarini kutamiz.

- Ushbu g'alaba Sizning ertangi tug'ilgan kuningizga super sovg'a bo'la oladimi?

- Albatta! Bir hazil borku: bosh murabbiy o'yindan bir kun oldin futbolchilariga: 

- Ertaga mening tug'ilgan kunim, g'alaba bilan sovg'a qilsangiz bo'ldi, - Ie, janob murabbiy, biz sizga sovg'alar olib bo'lganmizku...

Yigitlarga rahmat aytaman. Bugun g'alabaga erishganimiz juda yoqimli bo'ldi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика