So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Aleksandr Xomyakov: "May oyi biz uchun omadsiz bo'ldi. O'zbekiston kubogida g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "May oyi biz uchun omadsiz bo'ldi. O'zbekiston kubogida g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz"

"Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jamoaning birinchi davrada qayd etgan natijalari bo'yicha saytimizga intervyu berdi.

"Ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladik. Bahavo va salqinroq maskanlarda yig'in o'tkazishni istagandik. Lekin o'ylaganlarimiz amalga oshmay qoldi va O'zbekistonda qoldik. Oldindagi ikki xaftani yaxshi o'tkazishga harakat qilamiz. Rejamizdan nazorat uchrashuvlari ham o'rin olgan",- deydi Aleksandr Xomyakov. 

- Birinchi davra qanchalik siz kutgandek bo'ldi? Natijalar, jamoaning egallab turgan o'rni qoniqarlimi?

- Har doim yanada yaxshirog'ini istaymiz. Jamoada salohiyat bor. To'g'ri, startni juda yaxshi boshladik. Malum vaqt etakchilik ham qildik. Keyin muammolar boshlandi, bir nechta o'yinda g'alaba qozona olganimiz yo'q. Ayniqsa may oyini aytgan bo'lardim. Bu ham yigitlarga bir tajriba vazifasini o'tadi. Ayrim o'yinchilarda yosh nuqtai nazaridan emas, futbol taraflama qaraganda tajriba kam. Mazkur omillar ham tasir qildi. "Paxtakor" bilan o'yinni hisobga olmaganda qolgan bahslarda futbolchilarga jiddiy etirozim yo'q. Bu bahsda g'alaba qozonishni juda istagandik. Aytganimdek kerakli xulosalarni olgan holda hozirlik ko'ramiz. 

- Birinchi davra o'rtasida "Andijon"da pasayish yuzaga keldi. Himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'yildi. Ikkinchi davrada bu xatolar takrorlanmaydimi?

- O'yinimizda yaqqol pasayish bo'ldi deya olmayman. Bizga qaysidir joylarda mahorat etishmadi. Texnik, taktik va ruhiy tomondan o'zlari uchun kerakli ko'nikmani shakllantirishadi. Futbolchilar bu jarayonlardan o'tishi orqali o'sishga erishishadi. 

- Ko'ryapmizki, tarkibga yangi nomlar jalb qilinmoqda. Ular jamoani kuchaytirishiga ishonasizmi?

- Albatta, belgilangan chiziqlarni kuchaytirishimiz kerak. Bu poziciyalarga 1-2 ta futbolchi olamiz, chunki yuqori o'rinlarga kurashishda davom etishimiz lozim. Ochig'ini aytishni istardim asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilarga raqobatchi yo'q edi. Abinur yosh futbolchi, kelajagi porloq. Galiulin o'zimizda o'ynab ketgan, tajribasi bilan yordam berishiga ishonaman.

- "Andijon" Rubin Xebayni ortga qaytarishni reja qilgan va muzokara o'tkazgan ekan. Muzokaralar qanday yakunlandi?

- Muzokara o'tkazilmagani aniq. U jamoamizga qaytishi mumkinligi haqida malumotlar bor edi. Lekin bizning strategiyamiz boshqacha. Hozir etiborni yoshlarning rivojlanishiga qaratganmiz. Hujumchi etishmayotganiga kelsak, birinchi davrada 22 ta gol urdik va bu borada Superligada yomon ko'rsatkich qayd etganimiz yo'q. To'g'ri, gollarni standartlardan urdik. Bizga ko'proq kreativ va hujumkor yarim himoyachi sifatidagi o'yinchilar kerak bo'lyapti. Ikkinchidan himoyada ham raqobatni yaxshilashimiz zarar qilmaydi, etibor bersangiz so'nggi o'yinlarda ko'p gol o'tkazganmiz. 

- O'zbekiston kubogida jamoa yaxshi imkoniyatga ega. "Qizilqum" to'sig'idan o'tib olgan taqdirda yarim finalni o'z maydonida o'tkazadi...

- Kubokni yutishga harakat qilib ko'ramiz. Nima uchun yo'q emas? "Bobur Arena"da fantastik muhitda yarim finalni o'tkazish ajoyib bo'ladi. Kubokni ularning oldiga olib kelishni va birga nishonlashni istaymiz. 

- Rustam Turdimurodovga mavsum boshida kam o'yin amaliyoti berilayotgandi. Lekin so'nggi o'yinlarda hal qiluvchi gollarni urdi va g'alabalarga hissa qo'shdi...

- Hujumchilarimizning barchasi yosh futbolchilar. Turdimurodov, Samiev, Zgurski va hokazo. Ularning har birida qandaydir pasayishlar bo'ldi. Zgurskiy mavsumni yaxshi boshladi, lekin bu yoshda bir tekis barqaror o'ynash qiyin. Turdimurodov imkoniyatini kutdi. SHunday ekan, hujumchilarimiz bor va ular bir-birini almashtira oladi.


Dilshodbek Hayitov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика