So’nggi yangiliklar

20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  3 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  10

Aleksandr Xomyakov: "Mashal" oldiga Superligaga chiqish bosh maqsad qilib qo'yilmagan bo'lsa-da, biz kurashamiz" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Mashal" oldiga Superligaga chiqish bosh maqsad qilib qo'yilmagan bo'lsa-da, biz kurashamiz"

Pro-Liga "A" 1-turi doirasidagi "SHerdor" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan keyin muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'yin borasida to'xtaldi.

- CHempionat boshlanishini uzoq kutdik. Tarkibimizni ko'rib turibsiz, yoshlardan iborat. Yigitlar ko'rsatmalarni imkon qadar yaxshi bajarishdi. O'yin davomida ikki tomonda ham g'alabani ilib ketish imkoni bor edi. Bugun omad biz tomonda bo'ldi deyish mumkin. Oxirgi daqiqada g'alabani qo'lga kiritdik.


- "Mashal" o'tgan mavsum ham Pro-Ligani Samarqanddagi g'alaba bilan boshlagandi. Aytingchi, Pro-Liga "A" saviyasi qay daraja o'zgargan?

- Bu savolga javob berishga erta deb o'ylayman. Ha, "Surxon" va "Dinamo"ning Pro-Ligada endi yo'qligi baribir saviyaga tasir qilsa kerak. Ammo chempionat endi boshlandi, shunday ekan Pro-Liga-2019 saviyasi oshdi yoki pasaydi deyishga hali qiynalaman. Keling, yana kamida 10 tur o'tkazaylik, keyin bu borada javob berish mumkin bo'ladi.


- PFLning yil boshidagi qarori "Mashal"ga qanday tasir qildi? Klub oldiga bu yil Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

- "Mashal" jamoasi bu yildan o'z strategiyasini o'zgartirib, asosiy vazifa sifatida yoshlarni tarbiyalab yuqori saviyaga olib chiqishni belgilagan. Jamoa tarkibi to'liq yangilandi, o'tgan yilgi tarkibdan 17 nafar futbolchi jamoani tark etdi. Yangi yoshlarni yangi darajaga chiqarishni maqsad qilganmiz. "Mashal" oldiga aynan Superligaga chiqish vazifasi shart qilib qo'yilmagan bo'lsa-da, bilasiz, Muborak klubi doim har o'yinda g'alabani maqsad qilishi bilan ham nom qozongan. SHunday ekan, vaqt ko'rsatadi balki barcha o'yinlarda eng ko'p ochko jamg'arib, Superligaga chiqarmiz. Kurashishimiz aniq.


- "Mashal" tarkibiga nazar tashlab, faqatgina tajribali Bahodir Murtazoevni tanidik. Yosh tarkib bilan Superligaga chiqishingizga o'zingiz ishonayapsizmi?

- Orzu qilishdan qo'rqmaslik kerak. Gohida orzular amalga oshadi. Har o'yinda g'alaba qozona olsak, nega Superligaga chiqmasligimiz kerak? Biz albatta har o'yinda g'alaba uchun intilamiz.


Usmon Ibodov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика