So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  8 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyani kuchaytiramiz" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyani kuchaytiramiz"

Bugun "Andijon" "Andijon"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bahsda andijonliklar kichik hisobda g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakovni suhbatga tortdik.

- Yana "Andijon"dasiz. O'zingizni qanday his etyapsiz?

- Yana ish joyimga qaytdim. Jamoada o'zgarishlarga qo'l urilyapti. Ikki so'z bilan aytganda, baxtliman. 

- "Andijon"ga qaytganingizda qandaydir o'zgarishni sezdingizmi?

- Asosiy vazifamiz jamoa o'zagini saqlab qolish edi. Yangi mavsumda Superligada o'ynaymiz. Bir nechta poziciyani kuchaytiramiz. Tez orada yangi nomlarni bilib olasiz. 

- "Andijon"ning yangi mavsum uchun maqsadi?

- Hozircha rejalarni rahbariyat bilan muhokama qilmadik. Qaysi hududda ekanligimiz va qanday muxlislarimiz borligini bilasiz. Ularni natija bilan xursand qilishga urinamiz.

- Jamoa Pro ligada chempion bo'ldi, muxlislar ko'p narsani kutadi...

- Buni yaxshi tushunib turibmiz. Masuliyatni his qilib turibmiz. Reja bo'yicha ish yuritamiz.

- Yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?

- Tez orada ayrim poziciyalarni kuchaytiramiz. Umuman olganda, jamoa o'zagini saqlab qolish niyatimiz bor. 

- "Andijon"ning boshqa jamoalar bilan transferlarini solishtirsak, holat qanaqa?

- Rahbariyat va murabbiylar almashdi. Sekin-asta hammasi joy joyiga tushadi. 

- Bugungi bahs borasida nima deysiz?

- Anomal sovuq bo'lganiga qaramasdan, kurashlarga boy bahs bo'ldi. Maydon o'yin o'tkazish uchun juda yaxshi holatda edi. Bu uchun "CHig'atoy" maydoni xodimlariga rahmat. SHaharda 2-3 ta stadion qordan tozalangan, shuning uchun ularni etirof etish kerak. Bahsda jarohatlar bo'lmadi, bu esa xursand qildi.

- "Andijon" Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazadi. Legionerlar kelib qo'shiladimi?

- Siz hammasini bilasiz (kuladi). Ha, bir nechta legionerlarni jalb qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика