So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

Aleksandr Lobanov: "Terma jamoada o'ynash..." Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Terma jamoada o'ynash..."

Bekobodning "Metallurg" klubida faoliyat yuritayotgan, O'zbekiston chempionatidagi eng tajribali futbolchilardan biri - Aleksandr Lobanov bilan suhbatlashdik.

— Futbolga ilk qadamlaringizni darvozabon sifatida qo'yganmisiz?

— Yo'q. Mazku sport turi bilan dastlab Sergelida shug'ullana boshlagandim. Keyinroq "To'qimachi" jamoasi tarkibiga qo'shilganimda murabbiyimiz mendan yaxshi golkiper chiqishini aytib qoldi. Boris Prokofevning o'zi ham sobiq darvozabon edi (bir paytlar "Paxtakor"da o'ynagan). SHundan keyin maydondagi asosiy vazifam gol o'tkazmaslik bo'lib qoldi.

— Bolalikda bo'lajak yulduzlar bilan bir jamoada bo'lganmisiz?

— Albatta. Aziz Ibragimov va Aziz Haydarov bilan birga to'p tepganmiz. Ularni anchadan beri taniyman. Ibragimov hamon o'ynayapti ("Turon"da), Haydarov esa allaqachon funkcionerga aylandi. 

— Qozog'istonda o'ynagansiz, u erdagi sharoitlarni yaxshi bilasiz. Aytingchi, qozoq futboli ayni paytda biznikidan kuchlimi?

—  Yo'q, Qozog'iston futbolining darajasi biznikidan yuqori deb hisoblamayman. Bizning futbolchilar nisbatan kuchliroq. SHunchaki, ularda legionerlarga jiddiy etibor qaratiladi va maydondagi ko'p narsani aynan chet ellik futbolchilar hal qilishadi. Tan olish kerak, u erda ancha yaxshi maosh to'lashadi. SHu tufayli ko'plab legionerlar kelib, faoliyatining yakuniga qadar shu erda qoladi.

— Jizzax, Buxoro, Nukus. Faoliyatingizdagi dastlabki yillar omadsiz chiqqan, desak bo'ladimi?

— Yo'q. Hech bir klubni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Hamma jamoalarda o'zimni qulay his qilganman. Buxoroda ham, Nukusda ham odamlar juda mehribon va mehmondo'st. SHu tufayli menga imkoniyat bergan barcha klublarga rahmat aytaman. Jumladan, "So'g'diyona"ga ham. Jizzaxda men Oliy Ligada debyut qildim. Mavsum davomida 26-27 o'yinda maydonga tushganimdan keyin Qozog'iston chempionatiga yo'l ochilgan edi.

— "Aral"dan "Paxtakor"ga o'tdingiz va 3 karra O'zbekiston chempioniga aylandingiz. Poytaxt klubida moliyaviy jihatdan qiyin kunlar bo'lsada, ambiciya o'zgarmasdi. Bu g'alabalarning bosh omili nimada?

— Muxlislar yaxshi eslashadi. "Paxtakor"daligimda yaxshi va yomon damlarni boshdan o'tkazdik. Iqtisodiy muammolar ham bo'ldi. Ammo hech qachon jamoani tark etish haqida o'ylamadik.  Maqsadga erishish uchun olg'a borishimiz kerak edi. Fikrlarim siyqasi chiqib ketgandek tuyulishi mumkin, ammo bu haqiqat. Biz hamisha bir-birimizni qo'llab-quvvatladik, mashg'ulotlarni har qaysi sharoitda ham davom ettirdik. Bugun yomon bo'lsa ham, ertaga barchasi izga tushishiga umid qilardik. Kim murabbiylik qilmasin, maqsad faqat chempionlik bo'lgan.

— Milliy jamoadagi faoliyatingizning oxiri siz uchun qiyin davr bo'lgan. Keling, o'sha paytlarni eslaymiz. Muxlislar bosimi juda yuqori edi. Sizga eng ko'p nima alam qilgan?

— Terma jamoada o'ynash hamisha og'ir. Kim maydonga tushsa ham, kuchli bosimga yo'liqadi. CHunki muxlislar jamoani mundialda ko'rishni, har doim g'alaba qozonishni xohlashadi. Bu normal holat. Siz mag'lubiyatga uchraganingizda ishqibozlar futbolchi maydonda borini bermayapti, deb hisoblaydi. Yo'q, unday emas. O'yinchi milliy jamoaga keldimi 100 emas, 200% kuchini sarflaydi. CHetdan boshqacha ko'rinishi mumkin, ammo terma jamoa libosini kiydingizmi boshqa muammolarni unutasiz. 

Bunday bosimlarga har doim tayyor turish kerak. CHunki bu erda mamlakat sharafi himoya qilinadi. 35 million kishi sizga ko'z tikib, g'alaba kutadi. Gol o'tkazdingmi, bunga javob berasan. Gol urolmasang, unga ham javobgarsan. Agar jamoa mag'lubiyatga uchrasa, hamma bunga javob beradi. 

— Samvel Babayan sizning agentingizmi?

— Yo'q, menda hech qachon agent bo'lmagan. Takrorlayman: hayotim davomida agentlar xizmatidan foydalanmaganman. Hech qachon. Boshqa jamoaga o'tishim, Eronga yo'l olishim — barchasi klub fonida ro'y bergan. Eron chempionatiga ketishimdan oldin fors agentlari men bilan aloqaga chiqishdi. O'shanda ham ularga bu masalani klub hal qilishini aytganman. CHunki shaxsiy agentim yo'q edi. 

Ha, o'sha davrda klubga Samvel Vyacheslavovich bosh edi. O'z-o'zidan qaror qabul qilish uning zimmasida bo'lgan. U menga qo'ng'iroq qilib, xorijda o'ynash haqida fikrimni so'radi. Bu agentlik emas, u shunchaki rahbar sifatida legionerga aylanishimga ruxsat bergan.

— Samvel Vyacheslavovich bir paytlar "Paxtakor"ning yuragi edi. Uni "sherlar"ning asosiy raqibi safida ko'rishni tasavvur qila olarmidingiz?

— Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. SHu tufayli bunga oddiy qarayman. Inson har doim zafar quchishni xohlaydi. Uning yuragida "Paxtakor"ning alohida o'rni bor. Ular birgalikda ancha yo'lni bosib o'tishgan: g'alabalar, kuboklar, yaxshi va yomon kunlar... Ammo hayot davom etadi. "Navbahor"da uning oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan. U o'z ambiciyalariga ega va har doim jamoasi g'alaba qozonishini xohlaydi.

— Hozir Bekoboddasiz. "Metallurg"da o'ynash nisbatan osonroqmi? Har holda bu erda Namangan yoki Qarshidagidek bosim yo'q.

— Ha. Ammo klubning o'zi oldiga yaxshi maqsadlarni qo'yib bu bosimni hosil qiladi. Hozir to'g'ri yo'l tanlangan, sekin-asta rivojlanyapmiz. Bizda ajoyib akademiya va qarorgoh shakllandi. Tez orada yuqori darajadagi jamoaga aylanamiz. Ozgina sabr kerak.

— 2021 yilda Jasur Abduraimov siz va Kamoliddin Tojievni jamoadan chetlatdi. Murabbiy bilan qandaydir kelishmovchilik bo'lganmidi?

— O'tgan yilgi holat bo'yicha shunday javob beraman: futbolchilar va murabbiyning o'rtasida hech qanday muammo bo'lmagan. Ehtimol, murabbiy bilan futbolchilar orasida nimadir bo'lgandir. Ammo o'yinchilar hech qachon murabbiyga qarshi borishmagan. Hech qanaqasiga.

Men bu qarorni kim qabul qilgani, nega bunday qilganini bilmayman. Aytishim mumkinki, biz hech qachon murabbiyga qarshi bormaganmiz. Har doim sport rejimiga rioya qilib, hech bir mashg'ulotni o'tkazib yubormasdik. Bu bilan bog'liq muammo bo'lmagan.

— Jamoaning hozirgi ustozi Luisma Ernandes haqida fikrlaringiz qanday? Uning mahalliy mutaxassislardan ustun jihatini ko'rdingizmi?

— Albatta. Luisma har tomonlama professional mutaxassis va qatiyatli inson. Bunga shubha yo'q. U nafaqat futbolchilar, klubdagi barchadan professionallikni talab qiladi.

— Aleksandr Lobanovning bolalikdagi kumiri qaysi darvozabon bo'lgan?

— Janluiji Buffon. Har doim uning harakatlaridan hayratlanganman. Jiji finallarda ham o'zini juda sokin tutadi, o'yinni his qilib, eng to'g'ri qarorda to'xtaladi. U men uchun eng yaxshisi. 

— Sizningcha, O'zbekistondagi eng kuchli darvozabonlar murabbiyi kim?

— Men "Paxtakor"da uzoq yillar Anvar Tursunovich Rashidov bilan ishladim. U kishi menga juda ko'p narsani o'rgatgan. Anvar Tursunovich mashg'ulotlarda evropacha uslubdan foydalanadi. Jarayonda birinchi bor qatnashganimda juda hayron qolganman. Anvar Rashidov men uchun eng kuchli murabiylardan biri. Hammasi uchun u kishiga rahmat aytaman.

— Siz bilan birga o'ynagan eng kuchli hujumchi kim?

— Ko'plab katta futbolchilar bilan bir jamoada to'p tepganman. Ammo "Persepolis"dagi jamoadoshim Mehdi Taremini alohida ajratib ko'rsata olaman. U hozir "Portu"da o'ynayapti. Taremi haqiqiy forvard. Bir hujumchi nima qilishi kerak bo'lsa, hammasini bajara oladi. ECHLda "CHelsi" darvozasiga akrobatik uslubda urgan goli qoyilmaqom chiqqandi.

— O'zbekistonlik eng kuchli hujumchi?

— SHubhasiz, SHomurodov. Mourinyuning o'zi uni "Roma"ga chaqirdi. Eldorga qancha vaqt berilmasin, bundan unumli foydalanib, yaxshi sifatlarini ko'rsatyapti. Yana Igor Sergeevni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. U Evropada o'ynamasa ham, hamisha o'z vazifasini bajaryapti. Igorda forvard uchun eng zarur hislat bor — tinimsiz gollar uradi.

— Lobanov faoliyatini yakunlaganidan keyin o'zini qaerda ko'radi? Murabbiylik haqida o'ylayapsizmi?

— Albatta, butsalarimni mixga ilgandan keyin ham sohada qolish niyatim bor. Bu murabbiylik bo'ladimi yoki boshqa vazifadami, aniq bilmayman. Ammo futboldan uzoqlashib ketish niyatim yo'q...

obuna bo'ling → "Futbol analizi"

Muallif :
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика