Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo'limda umuman o'ynamadik"
19 okt 2024 19:22
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo'limda umuman o'ynamadik"
Superliganing 21-turi doirasida "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirdi.
- Birinchi bo'limda voqeliklar ko'p bo'ldi, tomonlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda esa raqiblar istaganini qilishdi. SHu sababli natijani ham ilib ketishdi.
- Tanaffusda bo'lgan vaziyat o'yinga qanchalik tasir o'tkazdi?
- Hech qanday. Ha, bu ikkala jamoaning ham foydasiga ishlamasdi. Lekin biz ham ular ham bir xil sharoitda edik.
- Mag'lubiyatning sababi nimada?
- Ikkinchi bo'limda biz o'yinni tashlab yubordik. O'yinimiz o'xshamadi deya olmayman, shunchaki umuman o'ynamadik. Ikkita yuz foizlik vaziyatlarga ega bo'ldik, lekin bu unchalik etiborli bo'lmaydi. Bularning barchasini ko'rib chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar