So’nggi yangiliklar

22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  27 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  11 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  164 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  7 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  15

Aleks Fergyuson uning g'azabini qo'zg'ash badali qay darajada og'ir bo'lgani haqida gapirib berdi Yangiliklar

Aleks Fergyuson uning g'azabini qo'zg'ash badali qay darajada og'ir bo'lgani haqida gapirib berdi

"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson 2011 yilda "Vest Xem" bilan bo'lib o'tgan o'yinni yodga oldi.

"Aslida bunday holat doim ro'y berib turardi. Men o'yin payti yoki tanaffusda tez-tez nimalarnidir o'zgartirardim. Hozir hayolimga kelganlaridan birini aytib beraman. Bu "Vest Xem"ga qarshi 2011 yilgi mavsumning oxirgi turlari doirasidagi o'yin edi.

O'sha uchrashuvdan bir necha oy oldin "Vest Xem" Liga kubogida bizni 4:0 hisobida mag'lub etgan edi. O'sha uchrashuvda men yosh o'yinchilarni maydonga tushirgan edim. O'sha bellashuvning oxirrog'ida Jonni Evansni almashtirishni kutib maydon chetida turgan Ues Braunga qarata "Vest Xem" murabbiyi Uolli Dauns shunday degandi: "Sen vaziyatni o'zgartirmoqchimisan?"

Bu holat esa meni xuddi o'yindan keyin avtoturargohda "Vest Xem" muxlislari menga nisbatan juda tojovuzkor munosabatda bo'lganliklari kabi juda g'azablantirdi.

Men ular (raqib muxlislari)ga shunday dedim: "Biz bu erga aprel oyida qaytamiz va sizlarni quyi ligaga jo'natib yuboramiz". Biroq, apreldagi bellashuvning tanaffusida biz 0:2 hisobida engilayotgandik, men esa bergan vadamni bajarishdan yiroq edim.

SHuning uchun men o'yinga tuzgan rejamdan voz kechdim. Hafta o'rtasida Franciya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan Patris Evrani maydondan oldim va Rayan Giggzni chap qanot himoyasiga o'tkazdim.

Yakunda biz 4:2 hisobida g'alaba qozondik, Runi esa xet-trik qayd etdi. Oradan bir necha hafta o'tib, mavsum yakunida "Vest Xem" CHempionshipga tushib ketdi".


Malumot uchun, o'sha o'yin 2011 yilning 2 aprel kuni "Vest Xem" maydonida bo'lib o'tgan. 1-bo'limda mezbonlar Mark Noblning penaltidan kiritgan ikkita goli evaziga tanaffusga 2:0 hisobi bilan chiqib ketishgan. Tanaffusda esa Fergyuson himoyachi Patris Evra o'rniga hujumchi CHicharitoni tushirgan. 64-daqiqada Ser Aleks yarim himoyachi Park Ji Sun o'rniga yana bir hujumchi Dmitar Berbatovni maydonga tashlagan. Bir vaqtni o'zida 3 hujumchi bilan o'ynay boshlagach avvaliga Ueyn Runi ketma-ket 3ta gol uradi, 84-daqiqada esa CHicharito uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'yadi - 2:4.

O'sha mavsum yakunida MYU APLda chempion bo'lgan, "Vest Xem" esa CHempionshipga ravona bo'lgan.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика