"Al Nassr" Keylor Navas bilan muzokaralar olib bormoqda
16 jan 2023 20:10
Yangiliklar
"Al Nassr" Keylor Navas bilan muzokaralar olib bormoqda
Bir necha kun oldin Saudiyaning “Al Nassr” klubi darvozaboni David Ospina jiddiy jarohat oldi - uning tirsagida yoriq borligi aniqlangandi. SHu munosabat bilan “Al Nassr” zudlik bilan uning o'rniga darvozabon qidirmoqda.
Marca xabariga ko'ra, "Al Nassr" Keylor Navas bilan muzokaralar olib bormoqda. 36 yoshli darvozabonning transferi hafta oxirigacha yakunlanishi mumkin.
Navas "Al Nassr" uchun yagona variant emas, lekin uning transferi klub uchun ustuvor vazifa sanaladi. Klub “Al Vahda” darvozaboni Munir Moxamedini ham taklif etish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq hozirda “Al Nassr” bor etiborini Navas bilan shartnoma imzolashga qaratgan.
PSJ esa shartnomasi 30 iyungacha amal qiladigan darvozabonni tekinga qo'yib yubormoqchi emas.
Ronalduning transferi ham Navasni sotib olish yo'lida o'zgacha qadam bo'lishi mumkin. Keylor arab klubi safiga qo'shilsa, mavsumning qolgan qismi uchun "Al Nassr"dan 4 million evro oladi.
Joriy mavsum Navas PSJ safida barcha musobaqalarda atigi 1 ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar