So’nggi yangiliklar

18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  0 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  2 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  8 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  1 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  6 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0

"Al Ittihod" bosh murabbiyi: "O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'yinlarini kuzatib bordim" Yangiliklar

"Al Ittihod" bosh murabbiyi: "O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'yinlarini kuzatib bordim"

Osiyo chempionlar ligasi 5-tur OKMK - "Al Ittihod" bahsidan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Marselo Galyardo va futbolchi Fabino ishtirok etishdi.

- Bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Ertangi uchrashuvda guruhdan chiqish masalasi hal bo'ladi. SHu sabab ushbu bahsga katta tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga maydonda borimizni beramiz.

Fabino: - Murabbiyimiz takidlab o'tgandek muhim o'yin kutib turibdi. CHempionlar ligasi biz uchun juda katta ahamiyatga ega musobaqa. Ertaga eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz va ushbu musobaqada imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz.

- Janubiy Amerikadagi muvaffaqiyatlili faoliyatingizdan so'ng Osiyo qitasiga keldingiz. "Al Ittihod" va Osiyo futboli haqidagi birinchi xulosalaringiz qanday bo'ldi?

- Bu erga kelganimga ko'p bo'lmadi. Yaxshi jamoa va ajoyib futbolchilar bilan tanishdim. Qisqa vaqt ichida jamoa bilan birga keyingi rejalarimizni kelishib oldik. Biz oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz va ularga erishishga intilamiz.

- Infratuzilma va o'yin tezligidan tashqari Evropa chempionlar ligasi va OCHL o'rtasida yana qanday farq bor?

Fabino: - Evropa chempionlar ligasi dunyoda eng zo'r musobaqa. U erda to'p tepadigan futbolilar haqiqiy professionallar. To'g'risi ushbu ikki musobaqani solishtirishni istamayman. Osiyo chempionlar ligasi ham o'z mintaqasida eng katta turnir hisoblanadi. OCHLda yaqindagina debyut qildim va shuni ayta olamanki ushbu turnir ham juda raqobatdosh musobaqa. Osiyo chempionlar ligasi sabab ko'p yangi davlatlarga sayohat qildim. Tajriba orttirdim va yangi insonlar bilan tanishyapman.

- "Al Ittihod" guruhda favorit bo'lishiga qaramay o'tgan turda "Eyr Fors"ga mag'lub bo'ldi. Kutilmagan mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- "Eyr Fors"ga qarshi juda qiyin uchrashuv o'tkazdik. Ularning tarkibida yaxshi futbolchilar bor ekan. 20-raqamli futbolchi o'sha uchrashuvda eng zo'r o'yinchi bo'ldi,  nazarimda. To'g'risi bahona qilishni istamayman, ammo bizda jarohatlar ko'p edi. Romarino, Benzema, Ngolo va yana 3-4 futbolchilarimizda jarohat bor edi. Biz yomon natija qayd etdik, ammo raqib ham munosib o'yin namoyish etdi. Mag'lubiyatga etibor bermasdan ishlashda davom etishimiz kerak. Keyingi uchrashuv ham juda muhim. Guruhdan chiqish bizning maqsadimiz.

- "Sepaxon"ga qarshi birinchi uchrashuv ayrim sabablarga ko'ra o'tkazilmagandi. Guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuv esa "Sepaxon"ga qarshi, agar o'sha uchrashuvda qoniqarli natija qayd eta olmasangizlar guruhda qolib ketishingiz ham mumkin. "Sepaxon"ga qarshi kechadigan uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rmoqdasizlar? 

- "Sepaxon" guruhimizdagi kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Bizda hali imkoniyatlar etarlicha.

- O'zbek futboli haqida fikringiz qanday? O'zbekistonga birinchi marta kelmoqdasiz va ertaga OKMKga qarshi o'ynaysizlar?

- Ha, yurtingizga birinchi marotaba kelishim. O'zbek futboli bilan yaqindan tanish emasman, lekin U-17 terma jamoangizning o'yinini kuzatdim. Ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ushbu mamlakatda futbol yaxshi darajada ekan va o'sishga potencial ham bor.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика