"Al Hilol" "Barselona" futbolchisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. O'yinchining o'ziga esa 200 mln. dollar
23 apr 19:12
Yangiliklar
"Al Hilol" "Barselona" futbolchisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. O'yinchining o'ziga esa 200 mln. dollar
Diario Sport xabariga ko'ra, Saudiya klubi "Barselona" o'yinchisini qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Yaqinda arab klubi delegaciyasi braziliyalik futbolchi va boshqa o'yinchilarni sotib olishni muhokama qilish uchun Barselonaga tashrif buyurdi.
365Scores malumotiga ko'ra, klub Rafinyaga to'rt yillik shartnoma taklif qildi, unga to'rt mavsum uchun jami 200 million dollar, yani har mavsum uchun 50 million dollar to'lanadi.
"Al Hilol" "Barselona"ga transfer uchun 100 million evro to'lashga tayyor. "Blaugrana"ning sport direktorlari vaziyatdan xabardor va o'yinchini har qanday yo'l bilan saqlab qolish niyatida. Biroq oxirgi qarorni Rafinyaning o'zi qabul qiladi.
Takidlanishicha, yarim himoyachi birinchi navbatda "Barsa"da o'ynashni davom ettirishni xohlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar