"Al Hilol" "Barselona" futbolchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
24 mar 2024 01:06
Yangiliklar
"Al Hilol" "Barselona" futbolchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
Rafinya Diasga "Al Hilol" qiziqmoqda.
O'tgan haftada "Barselona" vingeri bilan 80 mln evrodan oshiq mablag' evaziga Saudiya klubi shartnoma imzolashni xohlayotgani malum bo'ldi. Gap chempionat etakchisi haqida ketmoqda.
Ar Riyod klubi braziliyalik uchun bonuslar bilan 100 mln evro to'lashga tayyor. "Al Hilol" shuningdek o'yinchiga hozirgi olayotganidan uch baravar ko'p maosh tayinlamoqchi. U hozirda soliqlardan so'ng 5,5 mln evro oladi.
"Barselona" taklif moliyaviy muammolarning bir qismini hal etishga yordam berishi sabab o'ylab olmoqchi.
Futbolchining o'zi Kataloniya klubidan ketmoqchi emas. Qiziqarlisi, Rafinyaga butun faoliyatida agentlik qilgan Deku hozirda "Barsa"ning sport direktori sifatida ishlamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar