So’nggi yangiliklar

11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  0 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   0 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  3 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  5 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  12 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  7 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  3 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1

Akrom Komilov: "Boshqa gap aytishga xojat yo'q..." Yangiliklar

Akrom Komilov: "Boshqa gap aytishga xojat yo'q..."

Kecha O'zbekiston chempionati oliy liga 26-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning ikki klubi "Bunyodkor" hamda "Paxtakor" o'zaro bellashishdi. Bo'lib o'tgan uchrashuvda "sherlar" raqiblarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvdan so'ng, "Bunyodkor" klubi himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bo'lib o'tgan uchrashuvni butun o'zbekistonlik futbol muxlislari ko'rib turdi, biz mag'lubiyatga loyiq emas edik. O'yin vaqtida qanot hakami istagan ishini qildi, buni federaciya ko'rib chiqib, qattiq chora ko'rishadi, degan umiddaman. Mana shunday o'yinlar ko'payaversa futbolimiz kundan kunga pasayib ketaveradi. Birinchi vaziyatda qanot hakami yo'q joydan gol deya hammamizni asabiylashtirdi, keyinroq bosh hakam yo'q golni inobatga olmadi. 

O'sha vaziyatda to'p darvoza chizig'ining yaqiniga ham bormagan edi. Bundan tashqari futbolchilar bir to'da bo'lib yig'ilib qolgan paytda, yon hakam qanday qilib yo'q golni ko'rdi? Jamoa jonini berib maydonda to'p tepadi, lekin bitta xato bizni mag'lubiyatga uchratadi, shunisi alam qiladi. Butun o'zbekistonlik muxlislar qanday o'yin bo'lganini ko'rdi, boshqa gap aytishga xojat yo'q", - deydi "Bunyodkor" futbolchisi Akrom Komilov 



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика