So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Akmal Mozgovoy: "Barcha taklif va rejalar haqida yangi yildan so'ng o'ylab ko'raman" Yangiliklar

Akmal Mozgovoy: "Barcha taklif va rejalar haqida yangi yildan so'ng o'ylab ko'raman"

Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.

Marosimda "Nasaf" tayanch yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Superligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi etirof etildi. Taqdirlash marosimidan so'ng futbolchi OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Mavsum biz uchun ajoyib o'tdi. O'z oldimizga qo'ygan asosiy maqsadimizni bajardik. Bu yutuqda barcha jamoadoshlarimning hissasi bor" - dedi Akmal Mozgovoy.

- Eng yaxshi futbolchi bo'lishingizni kutganmidingiz?

- To'g'risi, ha. Umid qilgandim.

- Akmal Mozgovoy keyingi mavsumda ham "Nasaf" safida o'ynaydimi? 

- Xudo xohlasa, ha.

- CHempionlikdan keyingi yomon natijalarning sababi nimada?

- CHempionlikni qo'lga kiritish har doim qiyin. Barcha jamoalar "Nasaf"ga qarshi borini berib o'ynashadi. Mavsum biz uchun ajoyib o'tdi. So'nggi bahslarda yomon natijalarga keladigan bo'lsak, vazifani bajarganimizdan so'ng biroz bo'shashdik va xotirjamlikka berildik. Asosiy sabab shu deb o'ylayman.

- O'zbekistondagi barcha sovrinlari yutdingiz. Endi yangi chaqiruvlar sari qadam tashlash va legionerga aylanish vaqti kelmadimi?

-Hozir dam olyapman. Barcha rejalarni va takliflarni yangi yildan so'ng ko'rib chiqamiz. "Nasaf" bilan muhokama qilishimiz kerak bo'lgan mavzular bor.

- "Eng yaxshi gol" va "Eng yaxshi futbolchi" nominaciyalarida g'olib bo'lishga davogar edingiz. Qaysi sovrinni yutsangiz ko'proq xursand bo'lardingiz?

- Ikkala sovrinni ham qo'lga kiritsam ajoyib bo'lardi.




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика