So’nggi yangiliklar

15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  2 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  5 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11

Akbar Ismatullaev va "Dinamo" ishi O'FA qo'mitasiga oshirildi Yangiliklar

Akbar Ismatullaev va "Dinamo" ishi O'FA qo'mitasiga oshirildi

Akbar Ismatullaev qiyin ahvolga tushib qoldi.

Samarqandning "Dinamo" klubi 2023 yilning 15 dekabr sanasida futbolchi Akbar Ismatullaev bilan 1 yillik shartnoma imzolagan bo'lib, mazkur shartnomani “Superliga va Proliga reglamenti”da belgilangan limitdan tashqari 17 dekabr kuni PFL ro'yxatidan o'tkazgan. 18 dekabr kuni esa qishki transfer oynasi ochilgan.

Biroq "Dinamo" qishki transfer oynasi yopiladigan 24 fevralga qadar Akbar Ismatullaevni musobaqalar uchun ro'yxatga kiritmadi. Yani, futbolchining "Dinamo" bilan amalda shartnomasi bor bo'lsa-da, u PFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Vaholanki, mehnat shartnomasining 4.1.3-bandida futbolchining murabbiylar qo'l ostida mashg'ulot o'tkazishi hamda musobaqalardagi ishtirokini taminlash "Dinamo" majburiyatlaridan biri sifatida ko'rsatilgan.

Futbolchi sifatidagi asosiy huquqi poymol qilingach, Ismatullaev O'zbekiston futbolchilari uyushmasiga shikoyat kiritdi. SHu asosda 29 fevral kuni "Dinamo" futbolchi FIFA nizomlari asosida shartnomani bir taraflama bekor qilishi mumkinligi to'g'risida ogohlantirish xati oldi, ammo uni belgilangan muddat ichida javobsiz qoldirdi. Natijada Istamullaev joriy yilning 7 mart kuni "Bunyodkor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

“Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament”ning 6.1-bandida shartnomasi uzrli sabab bo'yicha tugagan professional futbolchi istisno tariqasida ro'yxatdan o'tkazish davridan tashqari ro'yxatdan o'tkazilishi mumkinligi, Associaciya bunday professional futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga tegishli musobaqaning sport yaxlitligiga etarlicha diqqat-etibor qaratish shartida ruxsat berishi mumkinligi belgilangan. SHundan kelib chiqib, uyushma Akbar Ismatullaevga "Bunyodkor" tarkibida musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berish masalasida yordam so'ragan.

PFL mazkur holatni o'rganib chiqib, ishni O'FA tegishli qo'mitasiga oshirishga qaror qildi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика