Agent Breytueytning "Barselona"dan ketishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
21 iyu 2021 13:07
Yangiliklar
Agent Breytueytning "Barselona"dan ketishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Daniyalik hujumchi Martin Breytueytning agenti Xasan CHetinkaya mijozining "Vulverxempton"ga o'tishi borasida savollarga javob berdi.
"Martin nega ketishi kerak? Hozirda Breytueyt ajoyib murabbiy boshqarayotgan dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynamoqda. Martin o'tgan Evro-2020da yaxshi o'ynadi. U "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashda davom etadi deb o'ylayman", - deydi agent.
Daniyalik futbolchi "Barselona"ga 2020 yilning qishida "Leganes"dan 18 million evro evaziga o'tgandi.
Martin o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar