"Agarda so'zlarim yoqmayotgan bo'lsa, eshik qaerdaligini bilasan" - Seten Messiga nima degani malum bo'ldi
02 noy 2020 22:57
Yangiliklar
"Agarda so'zlarim yoqmayotgan bo'lsa, eshik qaerdaligini bilasan" - Seten Messiga nima degani malum bo'ldi
"Què T'hi Jugues" nashri Leo Messi hamda Kike Seten o'rtasida bo'lgan munozaralar haqida yozdi.
Unga ko'ra, "Selta" bilan o'yinda qayd etilgan 2:2 hisobidan keyin ikki tomon o'rtasida nizo kelib chiqqan.
Birinchidan, Leo murabbiydan barcha sovrinlarni yutgan futbolchilarga bunday hurmatsizlik qilmasligini talab qilgan. Seten esa hali hech vaqo yutmagan.
Seten esa unga: "Agarda so'zlarim yoqmayotgan bo'lsa, eshik qaerdaligini bilasan", - deb javob bergan.
Messi murabbiyga hech nima demagan va kulib uning yonidan o'tib ketgan.
Bundan ko'rinib turibdiki, Setenning Messiga "tishi o'tmagan". CHunki Messi Setenni yaxshi murabbiy deb hisoblamagan.
Fikrlar