"Agar meni yutsang - 10 000 funt beraman"
06 fev 2024 18:25
Yangiliklar
"CHelsi" yarim himoyachisi Mixa Mudrik ijtimoiy tarmoqlarda klubi muxlisi bilan tortishib qoldi.
APL 23-turida "Vulverxempton"ga imkoniyat boy berilgach, "aristokratlar" muxlisi quyidagicha izoh qoldirdi: "Senga nima
balobo'ldi? Futbol o'ynashni unutib qo'ydingmi? Balki birga-bir vaziyatlarda qanday harakat qilish bo'yicha bir nechta maxsus mashg'ulot olarsan. Har safar sen maydonga tushganingda, jamoamiz bitta o'yinchiga kam bo'lib qolmoqda".
Mudrik unga javob berdi: "Oldimga kel va biz 10 000 funt uchun birga-bir o'ynab ko'ramiz".
Muxlis ukrainalik futbolchi taklifini qabul qilmadi, ammo u gol urishni boshlaganida, Mudrikka shaxsan o'zi pul to'lab borishga tayyorligini yozib qoldirdi. Bu suhbat skrinini Mudrik o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida chop etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar